Mansur Saidov: “Bunyodkor”dan ketganim rost”
25 fev 2014 17:33
Yangiliklar

Mansur Saidov: “Bunyodkor”dan ketganim rost”
Xabar berganimizdek, Mansur Saidov “Bunyodkor” bilan shartnomasi bo'lishiga qaramay, xayrlashishga qaror qildi.
Buni futbolchining o'zi ham "SA"ga bergan intervyusida tasdiqladi:
- Ha, chindan ham “Bunyodkor”dan ketdim. SHu bois ayni paytda Farg'onadaman. “Qaldirg'ochlar”ning yig'inida malum muddat ishtirok etdim. SHundan kelib chiqqan xolda jamoa bilan do'stona xayrlashishga qaror qildim. Bu borada dastlab bosh murabbiy Mirjalol aka Qosimov bilan suhbatlashdim. U kishi qarorimga qarshilik qilmadi. Buning uchun murabbiyga minnatdorchilik bildiraman, - deydi Mansur Saidov. - Hozircha uyda, oilam davrasida dam olyapman. Yashirmayman, oldimda 2-3ta variant bor. Ularni ayni paytda ko'rib chiqyapman. O'zimga qolsa, uyga yaqinroq joyda o'ynashni istayman. CHunki bungacha faqat “Neftchi”da to'p tepganim uchun shunga o'rganib qolganman.

Fikrlar