Manjukich "Yuventus" muxlislari tomon xayrlashuv xati yozdi
26 dek 2019 00:07
Yangiliklar
Manjukich "Yuventus" muxlislari tomon xayrlashuv xati yozdi
"Yuventus"dan "Al Duhayl"ga o'tgan Mario Manjukich Turink klubi muxlislari tomon yuzlandi.
"4 yarim yillik faoliyatdan keyin jamoa muxlislari bilan shundoqqina xayrlasha olmayman. "Yuventus"ning har bir matchida men jamoa uchun qanchalik jon kuydirganimni barcha ko'rganiga umid qilaman. Meni jamoaga taklif qilgan Massimiliano Allegriga rahmat aytaman. "Yuventus" tarkibida o'ynash men uchun faxr bo'ldi. Jamoadagi so'nggi o'tkazgan oylarim esa "Yuventus"ga bo'lgan muhabbatimni so'ndirmaydi. SHu erda men bilan birga ishlagan barcha insonlarga katta rahmat aytaman. Birgalikda qo'lga kiritgan sovrinlarimizni hech qachon yoddan chiqarmayman. Muxlislarga esa alohida katta rahmat!", - deb yozadi Manjukich.
33 yoshli Manjukich "Yuventus" tarkibida 162 o'yinda 44 gol urdi va 18 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar