Manjukich faoliyatini Qatarda davom ettiradi
24 dek 2019 22:14
Yangiliklar
Manjukich faoliyatini Qatarda davom ettiradi
Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Mario Manjukich Qatarning “Al Duxayl” klubida faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi.
Bu haqda Qatar klubi matbuot xizmatining Tvitterdagi sahifasida malum qilindi.
33 yoshli xorvatiyalik futbolchining qancha muddatga qatarliklar bilan kelishuvga erishganligi hozircha oshkor qilingani yo'q.
Manjukich 2015 yildan buyon “Yuventus” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. O'tgan to'rt mavsum davomida u “keksa senoralar” asosiy tarkibida harakat qilib keldi. Ammo klubga Sarri bosh murabbiy etib tayinlangach, u asosiy tarkibdagi joyidan mahrum bo'ldi. Mario joriy mavsumda “Yuventus” tarkibida birorta uchrashuvga maydonga tushgani yo'q.
Italiyaga kelishidan ilgari Manjukich “Atletiko”, “Bavariya”, “Volfsburg” va Zagrebning “Dinamo”si sharafini himoya qilib kelgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar