Manjukich faoliyatini Franciyada davom ettirmoqchi
10 okt 2020 12:59
Yangiliklar


Manjukich faoliyatini Franciyada davom ettirmoqchi
OAVdagilar hujumchi Mario Manjukichning navbatdagi jamoasini malum qildi.
Oldinroq 34 yoshli futbolchi "Lokomotiv" va "Beshiktosh" kabi klublardan biriga o'tishi mumkinligi aytilgandi, biroq muzokaralar yakunlanmay qolgandi.
"Foot Mercato" xabariga ko'ra, ayni damda uning xizmatlariga "Marsel" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda. Bolqonlik futbolchining agentlari ayni damda klub bilan shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Ammo muammo shundaki, "Marsel" Manjukich bilan shartnoma imzolash uchun Kostas Mitrogludan voz kechishi kerak.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar