Manjukich: "A Seriya chempionligi - jiddiy natija. Bu so'zlarda qolib ketmasligi kerak"
21 jan 2021 22:14
Yangiliklar


Manjukich: "A Seriya chempionligi - jiddiy natija. Bu so'zlarda qolib ketmasligi kerak"
"Milan"ning yangi futbolchisi Mario Manjukich jamoaning maqsadlari haqida gapirdi.
"Mavsum yakunigacha hali ancha yo'l bor. Jamoaning ushbu mavsumdagi o'yinlariga etibor beradigan bo'lsak, o'zimizga ishonsak bo'ladi. Bunday o'yinlar orqali biz maqsadimizga eta olamiz. Skudettoga ega chiqish - jiddiy natija. Ammo buni maydonda amalga oshirish, gaplarda qoldirib ketmasligimiz kerak. Men ham gapirishdan ko'ra mehnat qilishni yaxshi ko'raman.
Meni boshqa klublar qiziqtirmaydi. Faqatgina "Milan" haqida o'ylayman va bor kuchim bilan harakat qilaman", - dedi xorvat.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar