Mane noyabrdagi operaciyadan so'ng ilk mashug'lotini o'tkazdi
12 jan 2023 01:20
Yangiliklar
Mane noyabrdagi operaciyadan so'ng ilk mashug'lotini o'tkazdi
"Bavariya" hujumchisi Sadio Mane jarohatdan so'ng birinchi mashg'ulotini o'tkazdi.
"Bavariya"ning butun tarkibi Dohada yig'in o'tkazayotgan bo'lsa, senegallik Germaniyada jarohatidan forig' bo'lish uchun davolanishni davom ettirmoqda. Hujumchi seshanba kuni ilk yugurish mashg'ulotida ishtirok etdi.
Mane "Verder"ga qarshi bahsda (6:1) jarohat olgan edi. "Bavariya" futbolchisi noyabr oyida operaciya qilindi va uning tiklaninshi uchun 4 oy kerak bo'lishi aytilgandi.
Fikrlar