So’nggi yangiliklar

08:13Неъматилло Қуттибоев: "Цементчи" Биринчи лигада рақобат ярата олади"  1 07:48«Лестер» бир йиллик танаффусдан сўнг яна АПЛга қайтди  2 07:24Ўзбекистон кубоги. 3-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:15ЛаЛига. "Реал Сосьедад" - "Реал Мадрид" 0:1   0 07:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 3:3 (пенальтилар 4:5)  0 07:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 07:00Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  1 06:55U-23 Осиё кубоги. Ироқ - Вьетнам 1:0  0 06:50U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  6 01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  63 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  3 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  1 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  10 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  10 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  21

Mane Marezga qarshi. Senegal - Jazoir (prevyu) Yangiliklar

Mane Marezga qarshi. Senegal - Jazoir (prevyu)

Bugun, 20 iyul kuni Afrika Kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Turnir mezboni Misr hal qiluvchi bahsgacha etib kela olmadi. "Faraonlar" o'rniga Senegal va Jazoir sovrin uchun kurashishadi.


Turnirdagi yo'li

Jazoir va Senegal terma jamoalari guruh bosqichida bitta kvartetdan joy olishdi. Birinchi o'rin uchun kurashda "Sahro Tulkilari" senegalliklarni 1:0 hisobida mag'lub etishdi va 3ta o'yinda 9 ochko to'plashga muvaffaq bo'lishdi. Senegal 6 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etdi.

Jazoir terma jamoasi pley-offda Gvineya (3:0), Kot-d'Ivuar (1:1, pen. seriyasi 4:3) va Nigeriyani (2:1) taslim etishdi. Jazoirliklarning so'nggi ikki o'yiniga ko'p kuch sarflandi. Avvaliga ular ivuarliklar bilan 120 daqiqa o'ynashdi va asabiy penaltilar seriyasida ishtirok etishdi. Bir necha kun o'tib Jazoir qo'shib berilgan 5-daqiqada final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Senegal terma jamoasining finalga chiqishi osonroq kechdi. 1/8 va 1/4 final bosqichlarida "Teranga SHerlari" kuchli hisoblanmagan Uganda (1:0) va Beninni (1:0) taslim etishdi. Faqat yarim final bosqichidagina asabiylashishga to'g'ri keldi. Tunisga qarshi 90 daqiqa ichida birorta gol urilmadi, biroq jamoalar bittadan penalti tepishdi. Ekstra-taymda Tunis terma jamoasining himoyachisi avtogol orqali masalani hal qildi.


Qiziqarli malumotlar

Senegal bitta gol o'tkazib yubordi, o'sha gol Jazoirga tegishli

Teparoqda Senegal va Jazoirning guruh bosqichidagi natijalari haqida yozgandik. Aliu Sisse jamoasi faqat bitta uchrashuvda mag'lub bo'lgan. "Teranga SHerlari" qolgan bahslarda "quruq" hisobda g'alabaga erishishdi. Bu erda bir jihatga etibor qaratish kerak: Senegal qita birinchiligida ikki nafar darvozabon xizmatiga murojaat qildi. Turnirning ilk uchrashuvlarida Eduar Mendi maydonga tushdi (u Jazoirdan gol o'tkazib yubordi), keyingi bahslarda darvozani Alfred Gomis qo'riqladi. 25 yoshli futbolchining quruq seriyasi 390 daqiqani tashkil qiladi.


Raqamlar bo'yicha Jazoir juda orqada emas: 6ta uchrashuvning 4tasida darvoza dahlsizligi saqlab qolingan. Biroq 1/4 va 1/2 finallarda Rais M'Boli bittadan gol olib chiqdi.


Mahalliy murabbiylar

AK-2019 (Afrika Kubogi-2019) - tarixiy turnir hisoblanadi. Ushbu musobaqa tarixida ilk marta 24ta jamoa Afrika Kubogida ishtirok etdi, turnir yozda o'tkazildi. Ammo eng asosiysi - finalda ikki mahalliy murabbiylar - Jamel Belmadi va Aliu Sisse to'qnash kelishadi.

Jazoir terma jamoasi bosh murabbiyi Belmadi faoliyatini Qatarda o'tkazib, mahalliy va milliy jamoani shug'ullantirgan. U 2018 yilda "Sahro Tulkilari" ustoziga aylangan.

Senegal terma jamoasi bosh murabbiyi Sisse 2015 yildan beri milliy jamoani boshqaradi. U o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan - jahon chempionati va Afrika Kubogi finallarida ishtirok etish. Birinchisi hozircha amalga oshmadi, bir yil oldin Senegal xatto JCH pley-offiga chiqa olmadi, ammo Misrda maqsadning yarmi bajarildi.


Eng qizig'i, jamoalarning murabbiylari o'sha davlatdan, futbolchilarning katta qismi esa bunday emas. Final uchrashuvida maydonga tushishi kutilayotganlarning ko'pchiligi Franciyada tug'ilishgan.


Tarixiy imkoniyat yoki xatoni qanday to'g'irlash kerak

Senegal terma jamoasi hech qachon Afrika Kubogi g'olibi bo'lmagan. 2002 yilda jamoa finalgacha etib borib, penaltilar seriyasida Kamerunga (2:3) mag'lub bo'lgan. Aliu Sisse o'sha seriyada gol ura olmagan uch futbolchining biri hisoblanadi.

Jazoir terma jamoasi o'z tarixida bir marta Afrika Kubogini qo'lga kiritgan, bu 1990 yilda sodir bo'lgan.


Kulibalining diskvalifikaciyasi

Dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri diskvalifikaciya tufayli sovrin uchun bahsda ishtirok etmaydi. Nima qilish kerak? Kalidu Kulibali o'rniga Salif Sane maydonga tushishi kutilmoqda. Sane Kulibalining o'rnini bosadi deyish qiyin, chunki "Napoli" futbolchisini 100 mln. evroga baholashmoqda.



Sadio Mane penaltidan gol uradimi?

Senegal terma jamoasining etakchilaridan biri Sadio Mane 5ta bahsda 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi, biroq ikki marta penaltidan foydalana olmadi. Sadio Mane guruh bosqichida Keniyaga, 1/8 finalda esa Ugandaga gol urmadi.

Penaltilar afrikalik futbolchilarning eng kuchsiz tomoniga aylanib bormoqda. Bir necha kun oldin Senegal va Tunis asosiy vaqtda penaltilardan foydalana olishmadi, g'olib ekstra-taymda aniqlandi.

Jazoir terma jamoasida ham penaltini golga aylantira olmagan futbolchi bor. Hujumchi Bog'dod Bunedja Kot-d'Ivuarga qarshi chorak finalda hisobni 2:0 qilish imkoniyatini yo'qqa chiqardi.



"Manchester Siti" vs "Liverpul"

Xatto Afrika Kubogi finalida ham Angliyaning eng yaxshi jamoalari to'qnashuvini ko'rishimiz mumkin. Jazoir terma jamoasi etakchisi Riyad Marez Sadio Mane kabi turnirda uchta gol urdi.

Futbolchilar o'z klublarida ikkinchi darajali rolda. Sadio Mane bir necha yildan beri Muhammad Saloh soyasida, Riyad Marez esa mavsum oxirida zaxira futbolchisiga aylanib qoldi. SHunga qaramasdan ikkala futbolchi tarixiy chempionlik poygasiga o'z xissasini qo'shishdi. Muhammad Saloh uzoq vaqt gol ura olmaganda "Liverpul" Mane tufayli g'alabalarga erishdi, Marez esa "Enfild"dagi o'yin oxirida penaltini golga aylantira olmadi va bahs durang bilan yakuniga etdi.


Taxminiy tarkiblar:


Senegal: Gomis, Sabali, Sane, Kuyate, Gassama, Ndiaye, Seve, Geye, Mane, Nyang, Diatta.


Jazoir: M'Boli, Bensebayni, Benlamri, Mandi, Zeffane, Gediura, Bellaili, Bennaser, Feguli, Marez, Bunedja.


Qaysi jamoa g'alaba qozonadi? Fikrlaringizni izohlarda o'qiymiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика