Mane "Liverpul" tarkibidagi eng sevimli golini qaysi jamoa darvozasiga urganini aytdi
22 iyu 2022 21:20
Yangiliklar
Mane "Liverpul" tarkibidagi eng sevimli golini qaysi jamoa darvozasiga urganini aytdi
"Liverpul"ning sobiq hujumchisi Sadio Mane mersisaydliklar safida qaysi goli eng yaxshisi bo'lganini aytdi.
Senegallik futbolchi 2016 yilda "Liverpul" safida debyut qilgan "Arsenal"ga qarshi o'yindagi gol eng yoqimlisi ekanligini aytdi.
“Jamoada debyut qilganimda, Emireytsda “Arsenal”ga qarshi o'yinda eng sevimli golimni urdim. Ikkinchisi esa CHempionlar ligasining 1/8 finalida "Bavariya"ga qarshi o'yinda Manuel Noyer darvozasiga kiritgan to'pim sanaladi", - dedi senegallik forvard.
Eslatib o'tamiz, bugun Manening "Bavariya"ga o'tgani rasman elon qilindi.
Fikrlar