Mane: "Liverpul" o'zining qolgan barcha bahslarida g'alaba qozonishi kerak"
02 apr 2019 14:29
Yangiliklar


Mane: "Liverpul" o'zining qolgan barcha bahslarida g'alaba qozonishi kerak"
"Liverpul" hujumchisi Sadio Manening so'zlariga ko'ra, agar "qizillar" APLning so'nggi 6ta uchrashuvida g'alabaga erishsa, ular chempionlikka erishishlari mumkin.
Ayni damda "Liverpul" turnir jadvalida etakchilik qilmoqda, biroq ulardan ikki ochko orqada borayotgan "Manchester Siti" zaxirasida bitta qo'shimcha o'yin bor.
"Qolgan barcha o'yinlarimizda g'alaba qozonishimiz kerak, biroq bu oson bo'lmaydi. Biz bu vazifani uddalay olamiz, chunki jamoamiz kuchli. "Tottenxem"ga qarshi bahsdan so'ng o'yinimizga etibor berishimiz lozim, ammo bazida terma jamoalar tanaffusidan so'ng klubga qaytish qiyin bo'ladi. Eng asosiysi - g'alaba. Endi bir-birimizni tushunib olishimiz uchun 3-4 kun birga mashg'ulot o'tkaza olamiz" - deydi Mane.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar