Mane Keyn, Saloh va Obameyangga etib oldi, oldinda faqat Aguero bor
17 mar 2019 22:00
Yangiliklar


Mane Keyn, Saloh va Obameyangga etib oldi, oldinda faqat Aguero bor
“Liverpul” forvardi Sadio Mane APLning 31-turi doirasida “Fulxem" darvozasiga to'p kiritib, musobaqadagi gollari sonini 17taga etkazdi.
SHu tariqa, senegallik futbolchi chempionat to'purarlari ro'yxatida X.Keyn (“Tottenhem”), M.Saloh (“Liverpul”) hamda Per-Emerik Obameyang (“Arsenal”) kabi hujumchilarga etib oldi. Ulardan yuqorida esa 18ta gol bilan “Manchester Siti” azosi Serxio Aguero turibdi.
Qayd etish joizki, Mane “qizillar” safida qatnashgan oxirgi 11 bahsida, 11ta golni o'z hisobiga yozib qo'ygan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar