So’nggi yangiliklar

11:55Манба: CAFA турнирида қатнашган футболчи "Нефтчи"га ўтмоқда  5 11:33Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи  18 10:15"Бунёдкор" икки нафар футболчи билан келишувга эришди  4 09:49"Нефтчи"ни яна бир футболчи тарк этди  6 09:22Анчелотти Винисиусни огоҳлантирди  1 08:55Рамос ўз хизматларини Европанинг ТОП клубига таклиф қилган  6 08:28"Нефтчи" 20 ёшли футболчи билан шартнома имзолади  2 08:03Азизбек Пирмуҳаммедов якунланган мавсумда Суперлигада ушбу натижага эришган ягона футболчи  0 07:31"Навбаҳор" тўпурари фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттириши мумкин  2 02:20Суперлига-2025. Мавсумнинг эсда қоларли лаҳзалари  1 01:56"Барселона" Бундеслига юлдузларидан бирини сотиб олмоқчи  3 01:24Асосий таркибдан жой ваъда қилинган "Сити" футболчиси жамоани тарк этмоқчи  1 00:51МЮ "Атлетико" футболчисини 30 млн. еврога сотиб олиши мумкин  1 23:45Яхшибоев ва Болтабоев "Андижон"га ўтди  23 23:27"Йилнинг энг яхши ёш футболчиси" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  2

Mane APLda eng zo'r, "Tottenxem" eng yomon jamoa, de Bryuyne eng chiroyli gol muallifi, eng yaxshi murabbiy esa... ("The Guardian") Yangiliklar

Mane APLda eng zo'r, "Tottenxem" eng yomon jamoa, de Bryuyne eng chiroyli gol muallifi, eng yaxshi murabbiy esa... ("The Guardian")

Koronavirus sabab deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari to'xtatilganidan xabaringiz bor.

Britaniyaning "The Guardian" nashri APLning joriy paytiga qadar bo'lgan o'yinlardan kelib chiqib o'z reytingini tuzib chiqdi. Bunda nashr mavsumning eng yaxshi o'yinchisi, murabbiyi va o'yini kabi nominaciyalarni elon qildi.

P.S. Bu reyting va eng yaxshilar faqatgina "The Guardian" nashri talqini va bu hech qanday rasmiy maqomga ega emas.

Eng yaxshi o'yinchi sifatida "Liverpul" forvardi Sadio Mane qayd etilgan. Mane Premer-liganing 26 o'yinida 14ta gol urgan va 9ta golli pas bergan.



Eng yaxshi yosh o'yinchi sifatida "Vulverxempton" vingeri Adama Traore ko'rsatilgan. Traore gol+pas tizimida 11 (4+7) ochko to'plagan. Ispan ayni paytda 24 yoshda.



Eng chiroyli gol sifatida "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuynening "Nyukasl" bilan o'yin (2:2)dagi uzoqdan bergan zarbasi tan olingan.



"SHeffild Yunayted" ustozi Kris Uaylder eng yaxshi murabbiy deb topildi.



Eng yaxshi transfer deb Denni Ingzning "Liverpul"dan "Sautgempton"ga o'tgani hisoblangan.



Mavsumning eng zo'r o'yini sifatida 19-turdan o'rin olgan "Vulverxempton" - "Manchester Siti" bahsi qayd etilgan. O'shanda "bo'rilar" Gvardiola shogirdlariga o'z uylarida 0:2 hisobida yutqaza turib, 55 (Adama Traore), 82 (Raul Ximenes) va 89 (Mett Doerti) daqiqalarda kiritilgan gollar evaziga super kambekni amalga oshirishgandi.



SHuningdek, nashr "Tottenxem"ni mavsumning eng yomon jamoasi deb atagan.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика