Manchini SHveycariya bilan o'yindan so'ng: "Italiya haqli ravishda g'alabaga erishdi"
17 iyu 2021 09:38
Yangiliklar
Manchini SHveycariya bilan o'yindan so'ng: "Italiya haqli ravishda g'alabaga erishdi"
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini SHveycariyaga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz yaxshi o'ynadik. O'yin qiyin o'tdi. SHveycariya - kuchli va jismonan baquvvat jamoa. Bizda avvaliga bazi muammolar bo'ldi, biroq keyin o'yinimiz chiqdi va haqli ravishda g'alaba qozondik.
O'yin g'olibi haqidagi savollarga ertaroq nuqta qo'yishimiz mumkin edi, chunki ko'plab vaziyatlar yaratdik. Ammo barcha tepilgan to'plarning darvozaga kirmasligi normal holat. Yigitlar ajoyib ishlashdi.
Lokatelli esa ajoyib o'yin o'tkazdi. Yarim himoyachi ikkita gol urishi oson emas. Birinchi golda yaxshi kombinaciya tashkil etildi. Ikkinchisida esa individual mahorat barchasini hal qildi", - dedi Manchini.
Fikrlar