Manchini PSJ yoki MYU boshqaruviga kelishi mumkin
18 noy 2020 22:56
Yangiliklar
Italiya terma jamoasini boshqarayotgan Roberto Manchinining klublar miqyosidagi futbolga qaytishi kutilmoqda. 55 yoshli mutaxassisning xizmatlariga Franciyaning PSJ hamda Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi rahbariyati ehtiyoj sezmoqda.
Manchini uchun ingliz futboli begona emas, u 2009-2013 yillarda "Manchester Siti"ni boshqargan edi. Bundan tashqari, italiyalik murabbiy "Galatasaroy", "Lacio", "Fiorentina", "Inter" va "Zenit" singari jamoalarda ham ishlagan.
Fikrlar