Manchini PSJ yoki MYU boshqaruviga kelishi mumkin

18 noya 2020, 22:56
Bu haqda "Tuttosport" xabar tarqatdi.

Italiya terma jamoasini boshqarayotgan Roberto Manchinining klublar miqyosidagi futbolga qaytishi kutilmoqda. 55 yoshli mutaxassisning xizmatlariga Fransiyaning PSJ hamda Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi rahbariyati ehtiyoj sezmoqda. 

Manchini uchun ingliz futboli begona emas, u 2009-2013 yillarda "Manchester Siti"ni boshqargan edi. Bundan tashqari, italiyalik murabbiy "Galatasaroy", "Lacio", "Fiorentina", "Inter" va "Zenit" singari jamoalarda ham ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport