Manchini: "Pirlo bilan suhbatlashganim yo'q"
07 noy 2015 20:50
Yangiliklar
Manchini: "Pirlo bilan suhbatlashganim yo'q"
"Inter" bosh murabbiyi Roberto Manchini "Nyu-York Siti" yarim himoyachisi Andrea Pirlo bilan ko'k-qoralar safiga o'tishi borasida suhbatlashmaganini aytdi.
Oldinroq "Inter" 36 yoshli futbolchiga qiziqish bildirayotgani malum qilingan edi.
"Men Pirlo bilan suhbatlashganim yo'q, mish-mishlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin, ammo ayni damda sizga aytadigan yangiligim yo'q.
Pirlo nimani xohlashini bilmayman, MLS mavsumi yakunlandi. Hammasi menga yoki "Inter"ga emas futbolchining o'ziga bog'liq. Pirlo chempion, lekin bu yoshida u har kuni o'ynay olmaydi. Kelajakda Pirloga o'xshash o'yinchi xarid qilishimiz mumkin" - deydi Manchini.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar