Manchini: "Mavsumni g'alaba bilan boshlash juda muhim edi"
16 iyu 2017 21:16
Yangiliklar
Manchini: "Mavsumni g'alaba bilan boshlash juda muhim edi"
"Zenit" bosh murabbiyi Roberto Manchini Rossiya chempionatining 1-turida "SKA Xabarovsk" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
Bahs 2:0 hisobida mehmonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.
"Xabarovskliklar doimo kurashishini, ular inoq jamoa ekanligini bilardik. Qiyinchiliklarga uchradi, shu sababli hammasi muvaffaqiyatli amalga oshganidan va futbolchilardan mamnunman.
Stadiondagi muxlislar? Ha, ularga gap yo'q. Stadionga kelgan biznikilarga ham qoyil qoldim.
Albatta, mavsumni g'alaba bilan boshlash juda muhim edi. Mavsumoldi yig'inda ko'p o'yin o'tkazmadik, shu sababli mavsumning ilk uchrashuvida g'alaba qozonish shart edi" - deydi Manchini.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar