Manchini kelasi yilgi JCHda kimlarni favorit deb hisoblashini malum qildi
17 iyu 2021 10:38
Yangiliklar
Manchini kelasi yilgi JCHda kimlarni favorit deb hisoblashini malum qildi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati uchun davogarlarni malum qildi.
Italiya telekompaniyalaridan biri jamoaning Evropa chempionatidagi g'alabali yo'li haqida hujjatli film suratga oldi.
Roberto Manchini epizodlardan birida ispanlar ajoyib tarkibga ega ekanliklarini takidladi va kurash Italiya va Ispaniya o'rtasida kechishini taxmin qildi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar Evro-2020 yarim finalida to'qnal kelishgandi. Ispanlar ustunligida o'tgan bahs penaltilar seriyasigacha etib bordi va unda italyanlarga omad kulib boqdi.
Fikrlar