Manchini: "Fergyuson superklub tashkil qilishi uchun 7 yil kerak bo'ldi, menga vaqt bering"
03 apr 2015 15:46
Yangiliklar


Manchini: "Fergyuson superklub tashkil qilishi uchun 7 yil kerak bo'ldi, menga vaqt bering"
"Inter" bosh murabbiyi Roberto Manchini yaxshi jamoa shakillantirishi uchun vaqt berishlarini so'radi.
"Inter"ga kelganimda qiyin bo'lishini bilgan edim, ammo bunchalik bo'ladi deb o'ylamagandim. Birinchi marta "Inter"ga kelganimda menda tayyor jamoa bor edi, hozir hammasi boshqacha. Fergyuson "Manchester Yunayted"ni superklubga aylantirishi uchun unga 7 yil kerak bo'lgan. "Inter"ga etti yil shart emas, lekin biroz sabr qilishingiz kerak.
Men sehrgar emasman. Biz noldan boshlayapmiz. Biz bor kuchimiz bilan mehnat qilishimiz lozim, ammo Italiyada hammasi tez bo'lishini istashadi. Bir necha o'yinda yaxshi harakat qildik, lekin natija yo'qligi uchun uzr so'rayman" - deydi Manchini.
Italiya turnir jadvali bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin.

Fikrlar