Manchini besh nafar futbolchiga javob berdi
18 noy 2018 07:43
Yangiliklar
Manchini besh nafar futbolchiga javob berdi
Iatliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Millatlar ligasi doirasida Portugaliya (0:0)ga qarshi kechgan bellashuvdan so'ng terma jamoaning besh nafar futbolchisiga javob berdi.
Ular 20 noyabr kuni AQSH termasiga qarshi bo'ladigan bahsda ishtirok etishmaydi.
«Football Italia» nashrining xabariga ko'ra, Jorjo Kellini, Alessandro Florenci, Jojino, Lorenco Insine va CHiro Immobile terma jamoa lagerini tark etishgan.
Uchta uchrashuvdan etti ochko jamg'argan Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasida pley offga yo'l olgan bo'lsa, italiyaliklar besh ochko bilan A ligasida ishtiroklarini davom ettiriishadi. Ushbu guruhning yana bir vakili Polsha termasi esa V ligada ishtirok etadi.
Italiya-AQSH terma jamoalari bahsi 20 noyabr kuni Genk shahrida “Luminus Arena” stadionida bo'lib o'tadi.
Fikrlar