Manchini Balotellining Italiya termasiga chaqirilgani haqida gapirdi
27 jan 2022 00:32
Yangiliklar


Manchini Balotellining Italiya termasiga chaqirilgani haqida gapirdi
Italiya termasi bosh murabbiyi Roberto Manchini "Adana Demirspor" forvardi Mario Balotellini milliy jamoa yig'inlariga chaqirgani borasida gapirdi.
"Italiya termasining eshiklari barcha uchun ochiq. Futbolchilar bizga yordam berishni istasa, nima uchun ularning ko'ksidan itarishimiz kerak? Balotellining chaqirilishi - umidsizlik belgisi? Agarda shunday bo'lganida buni Evrodan oldin his qilgan bo'lardik. Balki biz kuchimiz etgan ishni qilayotgandirmiz. SHu sababli Marioning termaga chaqirilishini umidsizlik deb baholamagan bo'lardim. U doimo eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lib kelgan.
Asosiysi - uning jismoniy holatiga to'g'ri baho berish. So'nggi paytlarda uni ko'p ham kuzata olmadik. SHu sababli uni yaqindan kuzatish foydadan holi bo'lmaydi. U termaga qaytishidan xursand bo'lmoqda. Ammo Mario men uchun barcha qatori futbolchi", - dedi Manchini.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar