"Manchester Yunayted"ning yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadi malum bo'ldi
05 fev 2020 12:30
Yangiliklar


"Manchester Yunayted"ning yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadi malum bo'ldi
Birmingemning "Aston Villa" jamoasi yarim himoyachisi Jek Grilish yozgi transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.
24 yoshli o'yinchining xizmatlariga "Manchester Yunayted" klubi qiziqish bildirmoqda.
Xabarlarga ko'ra, Grilish "qizil iblislar"ning 2020 yilning yozidagi asosiy transfer maqsadi bo'lib turibdi.
24 yoshli ingliz futbolchisi joriy mavsum APLda 23ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 5ta assistga erishdi.
Transfermarkt malumotlariga ko'ra, Grilishning transfer narxi 34 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar