"Manchester Yunayted"ning sof qarzi qancha ekanligi malum bo'ldi
21 may 2020 18:45
Yangiliklar


"Manchester Yunayted"ning sof qarzi qancha ekanligi malum bo'ldi
Koronavirus pandemiyasi ko'p klublar kabi MYUning daromadiga ham zarar etkazdi.
"Manchester Yunayted"ning moliyaviy ahvoli yomonlashdi. Klub rasmiy hisobotni taqdim etdi, unga ko'ra qarz uch oy ichida 155 million dollarga o'sgan.
Sof qarzning umumiy miqdori esa 525 millionni tashkil etmoqda. "Manchester Yunayted" rahbariyati klub muxlislarni vahimaga tushmaslikka undamoqda.
Moliya bo'limi vakillarining aytishicha, klubda xavfsizlik choralari ko'rilgan, bundan tashqari qo'shimcha kreditlarga ham etibor qaratish mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar