So’nggi yangiliklar

14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  1 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  11 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  28 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1

"Manchester Yunayted"ning raqibi bosh murabbiyi MYUning ashaddiy muxlisi! 30 yildan buyon abonement sotib oladi. Bu holatga MYUdan kichik "trolling" Yangiliklar

"Manchester Yunayted"ning raqibi bosh murabbiyi MYUning ashaddiy muxlisi! 30 yildan buyon abonement sotib oladi. Bu holatga MYUdan kichik "trolling"

"Manchester Yunayted" Angliya Liga Kubogi chorak finalida "CHarlton"dan ustun keldi, 3:0.

SHu orqali MYU o'z muxlisi bo'lgan murabbiyni musobaqadan chiqarib yubordi. Ha, "CHarlton" bosh murabbiyi Din Xolden bolaligidan MYUning muxlisi.

Ammo bu Xoldenning MYUga qarshi ilk o'yini emas

Xolden 43 yoshda - sobiq o'ng qanot himoyachisi. Ikkinchi-uchinchi ligalarda o'ynab yurgan, bir-ikki marta Islandiya ("Valyur") va SHotlandiya ("Falkirk") kabi jamoalar tarkibida ko'rinish bergan. Faoliyatini yakunlaganidan keyin u "Oldxem" va "Bristol Siti"ni boshqardi. "CHarlton"ga bosh murabbiy bo'lganiga ko'p bo'lgani ham yo'q - 2022 yilning dekabrida bu erga kelgan.

Bizningcha, siz bu voqelikni juda yaxshi eslaysiz - 2017 yili "Bristol Siti" Angliya Liga Kubogidan "Manchester Yunayted"ni chiqarib yubordi. "Qizil iblislar"ga Zlatan Ibragimovichning ham goli yordam bermagan, o'yindan keyingi matbuot anjumanida Li Jonson esa Joze Mourinyuga vino sotib olish uchun qizining tanga yig'uvchi "kuchukchasini" sindirganini aytgandi.

Xolden o'shanda Jonsonga yordamchi edi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida Din uzoq yillardan buyon "qizil iblislar" o'yinlari uchun abonement sotib olishini, dadasi bilan "Old Trafford"ga ko'p borganini aytgandi. "Otam keyingi bosqichda "Manchester Yunayted"ga tushishimizni orzu qilgandi", - deb takidlagandi Xolden. Uning otasi 60 yildan buyon MYU muxlisi.

G'alabadan keyin Xolden o'yinni tribunadan kuzatgan otasini borib quchoqlagan va: "Otam menga bir to'ng'illab qo'ydi. Bilmasam, balki MYUning mag'lubiyati sabablidir yoki bizning g'alabamizgamikin... Balki ikkisiga hamdir!".

Ten Xag Xoldenni vinoga taklif qildi va klub bazasiga chaqirdi

Oradan 5 yil o'tib, muxlis va klubning yo'li kesishdi. Endi Xolden bosh murabbiy sifatida klubga raqib bo'ldi. Uning tayinlanuvi rasman amalga oshganidan keyingi kun uning ishtirokisiz "CHarlton" Liga Kubogidan "Brayton"ni chiqarib yubordi. Taqdirni hazilini qarangki, ertasi kuni unga "Manchester Yunayted" sovg'a qilindi, yana "Old Trafford"da!

"Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan keyin Xolden jamoasi bilan faxrlanishini aytdi va ten Xagning so'zlarini aytib o'tdi: "U menga yosh futbolchilarim orqali bemalol faxrlanishi kerakligini takidladi". Uning gaplaridan xursand bo'ldim: "U bilan 10-15 daqiqa gaplashdim, endi unga bo'lgan hurmatim yanada oshdi. U ushbu turnirni yutishini istayman".

BBC ushbu holatga qo'shimcha sifatida: Ten Xag Xoldenni Karringtonga chaqirgan va klubning qanday ishlashini ko'rsatish yo'lida unga futbolchilar imzosi tushirilgan libos taqdim qilinadi va birgalikda qizil vino ichiladi.

Xolden MYUda o'ynamagan bo'lsa-da, "Bolton"da MYU libosida shug'ullangan

"The Athletic" nashri va MYUning o'zi bu borada nima dedi:

- Xolden MYUni 5 yoshidan buyon yaxshi ko'radi. 1985 yilgi Angliya Kubogi finalida klub "Everton"ni 110-daqiqada Norman Uaytsaydning goli evaziga mag'lub etganidan keyin bolakay yig'lab yuborgan. CHunki Kevin Moranning chetlatilishidan keyin MYU bir kishi kam bo'lib qolgan edi.

O'shanda Xolden oradan bir necha yil o'tib, klubini evrokuboklarda ko'rmasligini o'ylamagandi ham - ikki hafta o'tib, "Eyzel" hodisasi yuz berdi va Angliyaning barcha klublarini evroturnirlardan chetlatishdi.

- U bolaligida MYUning o'yinlariga borish uchun maktabdan qochganini, kechalari "Old Trafford"da chipta olish uchun navbatda bo'lganini aytdi. 1994/95 yilgi mavsumda u bolboylik vazifasini ham bajargan: "Li SHarp ECHLda "Barselona"ga to'piq qismi bilan gol urganida o'sha erda edim". SHarp o'shanda hisobni tenglashtirgan va yakuniy golni urgandi.

- Xolden "Dins"ning yoshlar jamoasida o'ynagan. Uning ilk professional klubi "Bolton" bo'lgan va u erda MYU libosida mashg'ulot qilgan. Jamoadoshlari unga bu yaxshi ish emasligini aytishgan.

- Xoldenning otasi va akasi uzoq yil davomida "Old Trafford"da styuard sifatida ishlagan. Uning otasining o'gay akasi esa hali hamon klubda mehnat qiladi. Xolden MYU - "CHarlton" bahsiga 28 nafar qarindoshi kelishini bilgan. Tvitterdagi malumotlarga qaraganda shu sababli o'yinga u 28ta chipta sotib olgan.

- "Stretford End"dagi joyiga uning ismi tushirilgan. CHunki 30 yildan buyon u ushbu joy abonementi egasi hisoblanadi. "Balki keyinchalik o'rindiqdagi ismimni olib tashlashar. Otam "Bolton" futbolchisi bo'lganimdan keyin abonement sotib olishimni to'xtatishim kerakligini, buyog'iga o'zimga etibor berishim kerakligini aytgandi. SHu sababli mening abonementimni goh tog'am, goh akam ishlatardi", - deb eslardi Xolden.

O'yindan oldin murabbiy qattiq to'lqinlanib ketardi: "O'yindan chiqib "Stretford End" tomoni qaradim, uning yonidagi chiziqlarni bosib o'tib ketish ajoyib hissiyotlarni uyg'otdi. Bu erga kelib, yuz bora ularga muxlislik qilganman, butun davlatni shu klub sabab aylanganman". Biroq uning boshqa maqsadi ham bor edi: "Umid qilamanki, ser Aleksni ham ko'raman. U bilan hech bo'lmasa bir daqiqa vaqtimni o'tkazishni va rasmga tushib olishni istayman".

Xoldenning rejalari - jamoasini ligada olib qolish uchun kurashish

"CHarlton" Angliyaning 1-ligasida o'ynaydi - hisob bo'yicha uchinchi liga. Xolden qo'l ostida jamoa o'z holatini biroz yaxshilab oldi - oktyabrdan keyin ilk marta g'alabaga erishildi, jamoa 12-o'ringa ko'tarilib oldi. "CHarlton" "uchib ketish" hududidan 9 ochkoga ilgariladi, biroq ular 21-o'rindagi jamoadan 2 o'yin ko'p o'tkazgan. Oldinda hali yana bir davra bor.

Ularga boshqa turnirlar halaqit qilmaydi. Jamoa Angliya Kubogidan ham chiqib ketgan. Balki ularning yorqin davrlari ikkinchi davraga to'g'ri kelar...

Aytgancha, MYUdan kichik trolling ham bor

Klub o'z rasmiy saytida Din Xoldenni MYUning g'alabasi bilan tabriklab qo'ygan.

"Qardonimiz, Din!

"CHarlton" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin biz Angliya liga Kubogi yarim finaliga yo'l oldik. U erda bahslar ikki o'yindan iborat bo'ladi. O'yinlar 23-30 yanvar kunlari o'tkazilishi reja qilingan. Qura esa "Sautgempton" - "Manchester Siti" bahsidan keyin tashlanadi". Buni "Sky Sports" orqali tomosha qilishingiz mumkin".

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика