"Manchester Yunayted"ning "Manchester Siti" va "Tottenxem"ga qarshi o'yini kuni o'zgardi
24 jan 2020 21:56
Yangiliklar


"Manchester Yunayted"ning "Manchester Siti" va "Tottenxem"ga qarshi o'yini kuni o'zgardi
"Manchester Yunayted" matbuot xizmati mart oyidagi ikki o'yin kuni o'zgarganini malum qildi.
Unga ko'ra, 7 mart kuni "Old Trafford"da o'tishi kerak bo'lgan Manchester derbisi 8 mart (yakshanba) kuni mahalliy vaqt bilan 16:30 (Toshkent vaqti bilan 21:30)da boshlanishi belgilab qo'yildi.
"Yunayted" oradan bir hafta o'tib "Tottenxem" maydoniga tashrif buyuradi. Ushbu o'yin esa 15 mart kunidan 14 mart (shanba) kuni ko'chiriladi. Uchrashuv boshlanish vaqti - mahalliy vaqt bilan 16:30 (Toshkent vaqti bilan 21:30).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar