“Manchester Yunayted”ni boshqarish uchun kutilmagan nomzod paydo bo'ldi. U mavsum oxirigacha ishlashi kutilmoqda
22 noy 2021 08:05
Yangiliklar
“Manchester Yunayted”ni boshqarish uchun kutilmagan nomzod paydo bo'ldi. U mavsum oxirigacha ishlashi kutilmoqda
“Qizil iblislar” Ole-Gunnar Sulsherni istefoga chiqarganidan keyin, jamoani vaqtincha Maykl Kerrik boshqarishi malum bo'ldi.
The Times xabariga ko'ra, “Al Rayan” ustozi Loran Blan manchesterliklar murabbiyi bo'lishga asosiy nomzod hisoblanadi. U jamoani mavsum oxirigacha boshqaradi. Keyin esa rahbariyat yozda yangi variantlarni o'rganib chiqadi.
56 yoshli mutaxassis “Bordo” va PSJda ishlagan, shuningdek, Franciya TJni ham boshqargan edi.
Fikrlar