So’nggi yangiliklar

09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  0 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   1 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мариа терма жамоа билан хайрлашди  2 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  0 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  10 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  6 01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  6 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  4 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  10 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  11 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  18 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  9 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  21 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4

"Manchester Yunayted"ga o'tganimda barcha mening ustimdan kulgandi" - Zlatan Ibragimovich Yangiliklar

"Manchester Yunayted"ga o'tganimda barcha mening ustimdan kulgandi" - Zlatan Ibragimovich

Angliyada o'ynab keta olishimga doim ham ishonmaganman. Biroq o'sha qarorni qabul qilishdan oldin ko'p o'yladim va faqatgina shu jamoada o'ynashim shart!

"Manchester Yunayted"

Bu jamoada men nur sochishni istayman. Bu jamoa menga mos keladi.

Albatta, "Yunayted"ni doimo kuzatib kelaman. "Manchester Yunayted" degan so'zni eshitmagan odam futbolni tushunmasligini bilsa bo'ladi. Futboldagi barcha odamlar "Yunayted"ni yaxshi biladi. Ularning o'yinlarini qanday kuzatganimni o'zim yaxshi bilaman. Ajoyib yakun! 1999 yilgi Evropa chempionlar ligasi finali qanday tugagani esimda. Teddi SHeringem maydonga tushdi va gol urdi, Sulsher tushdi va gol urdi. Ikki daqiqada "Bavariya" sovrinni qo'ldan boy berdi. Albatta, biz endi bundan-da yaxshi natijaga erisha olamiz.

Miyamda "Yunayted" haqida faqatgina ajoyib taassurotlar bor. Fergyuson jamoa bilan Premer-ligada gegemon bo'lganligini hech kim yoddan chiqarmaydi.

Va asosiysi - ular doimo qizil libosdalar...

Miyamdan ajoyib hissiyotlar o'tardi: Bu libosni men kiya olaman, bu men uchun og'irlik qilmaydi...

"Yunayted"ga qadar ko'plab katta klublarda o'ynaganman, u erda doimo bosim bo'lgan. Siz qaerga borsangiz ham doimo natijaga erishishingiz kerak. Aks holda sizning ishingizni boshqalar qiladi.

Bu menga yoqmaydi. Bunday holatlarda o'zimni yaxshi his qilaman. Har doim yuqorilikka tashnaman, har doim yuqori sifatli o'yin ko'rsatishga va unga tayyorgarlik bilan yurib, barchasiga tayyor bo'lishdan lazzat olaman.

Siz elkangizdagi barcha og'irlik haqida o'ylashingiz kerak. Agarda bittasini o'ylasangiz, qolganini boshqalar ilib ketadi. Agarda siz bittasini o'ylasangiz, omadni qo'ldan boy berasiz va boshqasiga topshirib qo'yasiz: elkamdagi og'irlik esa meni osmonlarga olib chiqmoqda. Buni his qilyapman. Bunday holatda siz o'zingizni ajoyib his qilasiz.

"Yunayted"ga o'tishning o'zi katta masuliyat, men juda katta etiborga ega klubga o'tdim. Ko'pchilik bu erga yuqori kuch va tashnalik bilan kelsa, men kabilar katta ishonch va bosim bilan tashrif buyurishadi.

Bunday holatlar menga yoqadi va doimo bunga tayyorman.

"Manchester Yunayted"dagi ilk o'yinimni eslayman.

SHveciyada "Galatasaroy"ga qarshi o'ynaganmiz.

O'z davlatim, ajoyib!

"Yunayted" tarkibida maydonga tushdim va 3 daqiqadayoq gol urdim.

Ha, bu o'rtoqlik o'yini, ammo gol urish kerak doimo. Siz klubga, jamoaga doimo mos bo'lishingiz kerak. Bunday katta klubga kelganingizdan keyin sizning moslashishingiz va bunga uzoq sabr qilishingiz kerak. Men ham shunday qildim. O'z ishimni bajardim, jamoaga yaqin bo'lishga intildim, murabbiyning falsafasiga yaqin bo'lishga intildim, klubga mos bo'lishga intildim, shu boisdan menda mayda muammolar bo'lmadi, chunki professionalman. Mehnat qilish yoqadi. SHunchaki qo'llanmani olaman, nimani qilish kerak bo'lsa qilaman, chunki bu menda doimo o'xshashini bilaman va qo'ldan kelgancha jamoaga yordam beraman.

Odamlarning aytishicha, men hamma narsani bilar ekanman.

Ayrim ahmoqlar (aslida bu so'zni u so'kib aytgan, biz esa manosiga yaqin so'z bilan etkazyapmiz) o'tgan bir necha yillar davomida mening Angliyaga mos emasligimni aytishgandi. Mening vazifam - o'shalarning ovozini o'chirish edi.

Meni mana shunday ishlarga davat qilish doimo yoqadi. Bu menga doimo adrenalin beradi. 3 oy o'tib, ular o'zlarining gaplariga pushaymon bo'lishadi. Muxlisim qilib olishim uchun menga yangi dushmanlar kerak! Bu mening har doimgi vazifam.

Oh, "Manchester Yunayted" muxlislari! Sizlar ajoyibsizlar! Ushbu jamoa tarkibida o'ynaganim uchun bu gapni gapirmayapman. Ushbu stadionda o'ynab, ularning jamoaga berayotgan yordamini his qildim. Aks holda ketimni ko'rsatib, bu erdan ketgan bo'lardim. Biroq muxlislarga gap yo'q, daxshat! APLdagi ilk o'yinim "Bornmut"ga qarshi bo'lgandi. Gol urganimdan keyin 45 daqiqa mobaynida men haqimda qo'shiq kuylashgandi. O'yin boshlaganidan 20 daqiqa o'tib yigitlarga: Bolalar, shoshilmang, hozir yuqori saviyada emasman. Biroz kuting, - deb aytgandim.

Ichimda esa: "hozir bularni dabdalasini chiqaraman (bu erda ham so'kish so'zi ishlatilgandi), bu fantastika!

Ular menga ishonishdi va men ularga katta rahmat aytaman. Bu futbolchi doimiy quvvat olib turadigan asosiy kredit, ularning barcha maqtovlarini olib, natija bilan qaytarish kerak. Ular g'alabaning katta qismi sababchilari. Bo'm-bo'sh tribunada o'ynamayman. "Old Trafford" esa doimo muxlislar bilan to'lgan. Doimo. Safar o'yinlarimizda ham sektorni to'ldirib turgan muxlislarimizni ko'rib, xursand bo'laman.

SHunday qo'llab-quvvatlovni qabul qilgandan keyin, ular uchun o'ynash kerak bo'ladi. Ularning oldida qarzimiz ko'pgina. Mavsum davomida bu menga doimo katta kuch va ishonch bergan. Sovrinlar uchun harakat qilardik. SHu orqali qarzimizni uzishimiz kerak edi.

Liga Kubogi finalida "Uembli"ga qizil maydonga tushganim esimda. Maydonga chiqishimiz bilan shovqinnnn... Vauuu, bunday holat menga ham nasib qildi.

Aytganimdek, bu seni to'lqinlantirib yuboradi va o'ynashga majbur qiladi.

"Yunayted"ga qadar qaerda o'ynagan bo'lsam-da, g'alabaga erishganman va bu Angliyada ham sodir bo'lgani yoqimli bo'lgan. Mening DNKmda g'oliblik bor, g'alabaga erishishim kerak, bu mening mentalitetim. Mag'lub bo'lishni juda yomon ko'raman. SHunaqani omadsizmanki, yutqazish meni yomon ko'radi. Sovrin yutamiz deb vada berdim va ikkita sovringa ega chiqdim. Yil boshidagisi esa hisob emas. Bu ham nimalarnidir so'zlaydi.

Menimcha "Yunayted"dagi ilk mavsumimni fantastik o'tkaza oldim. Barchasidan lazzat oldim, rohatlandim. Bu menga yoqdi. Oilam ham baxtli edi, barcha baxtli edi, klub men haqimda qayg'urdi va ularga munosib javob qaytardim. Menga shunchaki, maydon, kiyimlar va to'p kerak holos. Qolganini o'zim bilaman.

Bolaligimda kelajagimda nimalarni istashimni ko'z oldimga keltirganman. Hayotingizda nimalar bo'lishini hech qachon bila olmaysiz, ammo o'shanda men maqsad qilgan kuch kutganimdek otilib chiqdi. Agarda siz istasangizgina, ichingizdagi kuch tashqariga chiqadi. Maqsadlaringizga erishasiz. Barchasi o'zingizga bog'liq. O'z ustingizda ishlamaysizmi? Hech nimaga erishmaysiz. Menga doimiy bosim qilishlari yoqadi. CHunki oldin bergan vadalarimni doimo bajarib kelganman va doimo o'zimga ishonganman. MEN BARCHASIGA QODIRMAN!

"Yunayted"ga kelganimda Angliyani zabt etaman deb aytgandim. Odamlar o'shanda mening ustimdan kulishgandi.

O'shanda xazillashmagan edim.

Zlatan Ibragimovich. 20 fevral, 2019 yil

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика