"Manchester Yunayted"ga "Kristal Pelas" himoyachisi kerak
13 mar 2019 23:51
Yangiliklar
"Manchester Yunayted"ga "Kristal Pelas" himoyachisi kerak
"Kristal Pelas" himoyachisi Aaron Van-Bissaka "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, London jamoasi 21 yoshli futbolchini 45 mln evroga baholamoqda. Bissaka hozirda APLdagi eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri bo'lib turibdi. SHu boisdan u bir necha top-klublar nazarida. MYU hozirda uni Antonio Valensiyaning o'rniga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Himoyachi bu mavsumda jamoasi tarkibida 27 o'yinda 2 golga assistentlik qildi.
Fikrlar