So’nggi yangiliklar

22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  0 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  1 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  4 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  7 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  10 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  17 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  5 20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  3 20:00Расмий хабар: "Насаф" Жанубий Судан терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузди  12 19:55Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон учрашувида ғолиб номи аниқланмади  163 19:44"Ювентус" янги мавсум сафар либосини намойиш этди  1 19:31"Зенит" ярим ҳимоячисини сотиб юбормоқчи  1 19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  2 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0

"Manchester Yunayted"ga koncepciya kerak Yangiliklar

"Manchester Yunayted"ga koncepciya kerak

Teglar :  Manchester Yunayted
Manchesterdagilar bir necha yillardan buyon sport emas, biznes bilan shug'ullanishmoqda.

Angliya kubogi finalida "Manchester Yunayted" mudofaasini Valensiya, Jons, Smolling va Yang kabi futbolchilar tashkil etishdi. Ular Fergyuson davrida yig'ilishgandi, Moyes ham tarqatib yubormadi, Van Gal paytida ham ularning orasi buzilmadi. Nihoyat Mourino ham muhim uchrashuvlarda aynan ushbu to'rtlikni maydonga tashlamoqda. Ular jamoaning o'zagi bo'lishdi va o'tish davrida ham jamoada qolgani nimadan dalolat?

5 yil davomida "Yunayted"da katta o'zgarishlar bo'ldi. O'sha vaqtda Deyli Blind, Markos Roxo, Erik Bayi va Viktor Lindelof kabi futbolchilar jamoa tarkibiga kelib qo'shilishdi. Ushbu futbolchilar markaziy himoyada ham o'ynay olishadi va har xil sifatlarga ega. Jamoa muxlislari ularni klubning kelajagi deb qarashmoqda: nazariy jihatdan olib qaraganda ular yangilanayotgan MYUni kuchaytira olishadi. Blind va Lindelof uzoq masofalarga alo darajada to'pni etkazib bera olishadi. Roxo va Bayi esa havodagi kurashda barchadan ustunlik qilishni uddalashadi.

Ular hozirda MYU futbolchilari bo'lishsa-da, klub faxriylari bilan bo'layotgan raqobatda mag'lub bo'lishmoqda. Van Gal qanot himoyasida katta xatoliklarga yo'l qo'ydi. U Evra va Rafaelni sotib yuborib, SHou va Darmianni xarid qildi. Oradan bir necha yillar o'tib, mankunianliklar muxlislari "Yunayted"ning sobiq himoyachilarini unutishmadi, yangilar esa eskilarning o'rnini bosa olishmadi.

Bunday kamchiliklar Mourinoda ham bor. Garchi uning jamoasi Frankenshteyn nazariyasiga ko'ra, mukammal o'yin namoyish qilmayotgan bo'lsa-da, kam gol o'tkazib yubormoqda. "Yunayted"dagilarga "Siti" haqida gapirishsa, "shaharliklar"ning himoya chizig'i uchun katta mablag' sarflashganini ro'kach qilishmoqda. Aslida "Yunayted" ham himoya uchun katta mablag' ishlatib bo'lgan, shunchaki jamoaning ichida muammolar katta.

APLning kuchli oltiligida "Arsenal"dan ko'ra, MYUni ko'proq tanqid qilishmoqda. "Iblislar" o'tgan mavsumda uch sovrinning egasiga aylangan bo'lsa-da, kerakli pallalarda yaxshi o'yin ko'rsata olishmagandi. Bu mavsumda esa jamoa chempionatning ikkinchi pog'onasini qo'lga kiritdi. Ammo noroziliklar davom etmoqda: "Yunayted" hech kimning tarafida bo'lmaydi, jamoa faqatgina natija uchun o'ynaydi va gollar urib, muxlislarini xursand qilishga intiladi. Lekin "Yunayted" o'zining yutgan o'yinlarida ham chiroyli o'yin qilmadi va shunchaki qanday jamoa ekanligini ko'rsatdi.

Garchi "Liverpul" va "Tottenxem" kamroq ochko to'plashgan bo'lishsa-da, ularning maydonda ko'rsatgan o'yini mankunianliklardan ancha chiroyliroq va mazmunliroq bo'lganini barcha biladi. Klopp va Pochettino Mourga qaraganda hujumkorroqlikni xush ko'rishmoqda va o'z futbolchilarining darajasini ko'tarishga intilmoqda.

"Manchester Siti" esa Pep falsafasi ostida yaxlit bir mexanizmga aylanib bo'ldi. U "Siti"dagi mavsumida jamoasining kuchli va ojiz nuqtalarini ko'rdi, chamaladi va navbatdagi mavsum uchun barcha rejalarni tuzib oldi. Yakunda uning jamoasi APLning rekordchisiga aylandi va "Yunayted" esa 19 ochkoga ortda qoldirdi. Xo'sh, bunday natijalar kimda qanday kamchilik borligini ko'rsata oladimi?

5 yildirki "Yunayted"da biror bir o'yin koncepciyasi va tizimning borligi ko'rmadik. Jamoa vaqti-vaqti bilan oldinga siljib turdi. SHunday vaqtlarda "Yunayted" yo'lidan chiqqan jamoaga ko'plab gollar urib tashladi. Ammo baribir jamoani hech kim barqaror darajaga olib chiqa olmadi. Van Gal davrida MYU rejasiz o'yin ko'rsatardi va asosan yaratilgan kam sonli vaziyatlardan unumli foydalanardi. Befoyda tarzda to'pni o'zida ushlab turaverardi. Bunda biror mantiq ko'zga tashlanmasdi.

Fergyuson esa jamoasi rivojlanishi uchun faqatgina bir tizimni qo'llardi: u bir uslubga bog'lanib qolmasdi, tezkorlik bilan vaziyatning o'zgarishiga qarab, taktikani ham boshqa joyga burib yuborardi. Ammo o'yin sifati buzilmasdi, jangavorlik yo'qolmasdi. Hozirgi "Yunayted"da esa kreativlik va xilma xillik etishmayapti.

"Xaddersfild" va "Brayton" kabi kichik raqiblarga qarshi uchrashuvlarda "Yunayted" yarim kuch bilan o'ynadi va o'rtamiyona jamoa ekanligini ko'rsatgandek bo'ldi. "Yunayted"ning milliarderlari esa jamoadagilarga kuch etishmayotganligini tushuntirishdi. Katta jamoalarga qarshi uchrashuvlarda MYU o'zini ko'rsatmoqda va epizodik xarakter evaziga omadi kelmoqda: Pogbaning harakatlari evaziga 97 soniyada ikkita gol urildi, Kubok doirasida "Tottenxem"ga qarshi bahsda esa Aleksis o'zining MYUdagi yagona eng yaxshi uchrashuvini ko'rsatdi. Muammolar ko'p, biroq jamoaga qandaydir masofalar etishmayapti.

Muammolarni transferlar bartaraf eta oladimi? Agarda so'nggi 5 yillikni hisoblaydigan bo'lsak, "Yunayted"ga million-millionlar evaziga ko'plab futbolchilar olib kelindi. Ammo hali ham jamoa muammolar girdobida. "Yunayted" Manchesterning ikkinchi klubiga aylanib bo'ldi. Van Gal ham, Mourino ham ko'proq neadekvat transferlar uchun mablag'larni ishlatib yuborishdi.

Gollandiyalik murabbiy to'purarlar CHicharito va Van Persini jamoadan ketkazib yubordi, o'rniga Falkao va Depay kabi futbolchilarni jamoaga olib keldi. Ularning mahorati, mentaliteti esa katta klubga mos kelmadi. Mourinoda ham shunday bo'ldi: bir yil oldin u Lindelof bilan shartnoma imzoladi. O'shanda "Yunayted" muxlislari sevimli jamoasining markazida Lindelof-Bayi juftligini ko'rishni istashgandi. Ammo janob Lindelof qanday o'yin ko'rsatganini siz yaxshi bilasiz, ikki futbolchi ham zaxiraga mixlanib qoldi. Maydonda esa Jons-Smolling tandemi o'ynadi.

Yanvarda esa Joze jamoasini kuchaytirish uchun Aleksisni olib bordi va u orqali hujumdagi balansni yaxshilashni o'yladi. Ammo barchasi teskarisiga xizmat qildi: Reshford o'yin yakunlarida maydonga tushmoqda, Marsyalga esa deyarli imkoniyat berilmayapti, chililik asosiy tarkibda maydonga tushayotgan bo'lsa-da, oldingidek emas. Balans buzilib ketdi. SHuningdek, ikki mavsumdirki, portugaliyalik murabbiy qimmatbaho Pol Pogbaning qobiliyatini to'liqligicha ochib bergani yo'q. Franciyalik futbolchi "Yunayted"ga piar uchun emas, katta maqsadlar uchun sotib olinganini ham o'ylash kerak.

Aslida barcha muammo har haftada soch turmagini o'zgartiradigan Pogbada emas, yaxlit bir "Manchester Yunayted"da. Ed Vudvord moliyaviy xabarlarni malum qilgan matbuot anjumanida shunday iborani o'rtaga tashlagandi: "Natijalar bizning siyosiy holatimizga tasir qilmaydi“. "Yunayted" - katta brendga aylanib bo'lganiga ancha vaqt bo'lgan. Demak jamoa yomon o'yin ko'rsatsa ham muxlislar orasida tezda o'z o'rnini yo'qotmaydi. 2013 yilga qadar "Yunayted"da transferlar uchun kam mablag' sarflangani ham moliyaviy tomondan muammolar kamligining asosiy sababi bo'lsa kerak.

Vudvord jamoaga kelganidan keyin "Yunayted" reklama loyihasiga aylanib qoldi. Endi jamoaning 40dan oshiq hamkorlari bor va har doim ulardan katta foyda kelib turadi.

SHu sababli ayta olaman, "Yunayted"ni faqatgina transferlar qutqara olmaydi. So'nggi yillarda MYU sharafini Di Mariya, Mxitaryan kabi top-futbolchilar ham himoya qilishdi va ular bu klubda o'z darajasini namoyish qila olishmadi, o'sishmadi, rivojlanishmadi. Bunga esa klubdagi tizim sabab bo'ldi. Ular yangi jamoasida asosiy tarkib futbolchilariga aylanishgan.

Albatta, Alderveyrld va Fredning transferlari omadli yurish bo'lishi mumkin. Biroq ular jamoadagi ilk o'yinlaridayoq chiroyli o'yin ko'rsatishmasa, zaxiraga o'tirishlari mumkin. SHunda ham ular klubning umumiy tizimiga mos tushishlari kerak. "Yunayted"ning tizimi shunday.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика