So’nggi yangiliklar

03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  1 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  1 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  14 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  1 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  7 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  0 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  14 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1

"Manchester Yunayted"dagilar bu kunni 15 yil kutishdi. Ten Xag "Barselona"dan o'tishi juda muhim Yangiliklar

"Manchester Yunayted"dagilar bu kunni 15 yil kutishdi. Ten Xag "Barselona"dan o'tishi juda muhim

Evropa Ligasidagi mag'lubiyat jamoani bir qadam ortga qaytaradi.


Xavi munosib raqibga duch keldi

Ten Xag kuni-kecha kechki taomni Fergyuson bilan birgalikda edi. Turli davr murabbiylarining o'zaro aloqasi — chiroyli vaziyat. Biroq aynan hozir uchrashgani Erik uchun ikki hissa foydali. Axir aynan ser Aleks 2008 yil CHempionlar Ligasi yarim finalida "Barselona"ni mag'lub etgan, Skoulzning goli safardagi durangni taminlagan. Keyin Moskvaga yo'l olib ECHL kubogini qo'lga kiritgan. Keyin ikkita final va chorak final boy berilgan. Ispanlar har safar kuchliroq chiqqan.

"Kamp Nou"dagi durang orqali inglizlar qora ananani buza oldi, ammo keyingi bosqichga chiqish uchun MYU g'alabaga erishishi kerak. Ko'p narsa ten Xagga bog'liq bo'lib turibdi. Xavi Anchelotti va "Real"ni enga oldji, ammo madridliklar "Yunayted"dan boshqacharoq harakat qiladi. Erik Kazemironing mahoratidan foydalanmoqda. Hujumda o'yinini qurmoqda, himoyani tartibga soldi va SHouni yaxshi formaga olib chiqdi. Erikning katta ko'lamdagi ish qilib bo'lgani aniq, ammo bazi holatlarda faqatgina natijalardan kelib chiqib xulosa chiqariladi. Evropa Ligasi, yakshanba kuni Liga Kubogi finalida "Nyukasl"ga qarshi maydonga tushadigan o'yin natijasi va APLdagi o'ringa qaraladi. ECHL yo'llanmasini "iblislar" hali kafolatlamadi.


Inglizlar bosimga o'rganib qolgan

"Qizil iblislar" "Old Trafford"da sentyabrdan buyon mag'lub bo'lishmayapti. Qizig'i, o'shanda ham Manchesterdan g'alabani ispanlar, aniqrog'i "Real Sosedad" olib ketgandi. Biroq unda MYU hujumida Ronaldu va himoyada ham boshqa futbolchilar edi. Ten Xag jamoasi to'pga 39% egalik qilib "Arsenal"ni, 29% bilan "Manchester Siti"ni yuta oldi. Katta klublarning hammasi ham ikkinchi raqam bo'lib yaxshi o'ynab, ijobiy natijaga erisha olmaydi.

Misol uchun MYU pressingi "Real"nikidan agressivroq. Biroq ten Xag jamoasi ham qoqiladi. Ochkolar nafaqat Barselonada yo'qotildi, balki "Lids" bilan uyda ham durang qayd etildi. Erik xatolardan to'g'ri xulosa chiqarishni biladi, keyingi o'yinda o'sha raqib taslim etildi. Barselonada italiyalik hakam Mariani brigadasi o'tkazgan o'yini bilan maqtana olmasligi aniq, lekin MYU raqibning bosimi va Alonsoning golini munosib qarshi oldi.


Reshford va Fernandesh ajoyib formada

Ko'plab parametrlar bo'yicha yutqazayotgan jamoa musobaqada keyingi bosqichga chiqishi uchun etakchilar yaxshi formada bo'lib, inidividual harakatlar hal qilish kerak. MYU "Barselona" bilan butun mavsum davomida o'yin, tayyorgarlik va himoyadagi minimum xatolar, o'tkazib yuborilgan gollar bo'yicha raqobatlasha olmaydi. Angliya vakili "Real" va "Atletiko" bor chempionatda etakchilik qilmayapti. Ten Xag jamoasi, Xavi "Barsa"si kuzda "Bavariya" va "Inter" bor murakkab guruhda CHempionlar Ligasida o'ynamagandi.

Ammo bu jihatlarda "Barselona"ning ustunligi Fernandeshning sport formasiga tasir o'tkaza olmaydi. Brunu oxirgi turda "Lester"ga qarshi o'yinda ikkita assist qayd etdi. Reshford ham qolishmayapti. Markus qatorasiga beshinchi o'yinda gol urdi, JCHdan keyin uning hisobida 16 ta gol va 4 ta assist bor. O'yindan avval to'p ko'proq kataloniyaliklarda bo'lishini taxmin qilyapmiz, MYU esa portugaliyalik va inglizni izlaydi. Muhim jihati ular masuliyatni o'z elkasiga ola biladi va vaziyat yaratishi uchun butun chiziq ideal harakat qilishi shart emas.


"Barselona" muhim o'yinchilarsiz qolgan

Dembele jarohatlangan, lekin uning o'rnini bosish mumkin. Ammo jarohatlangan Pedri va diskvalifikaciyaga duchor bo'lgan Gavini Xavi alishtira olmaydi. Rafinya va Levandovski hujumda Fati bilan o'ynashi mumkin, ammo markazda Pedri va Gavisiz qolgan yarim himoyachilarga ancha qiyin bo'ladi. "Barselona"da yo'qotishlar soni u qadar ko'p emas, ammo MYUda ular yanada kamroq. Optimal asosiy tarkibdan faqatgina Eriksen yo'q, o'sha Antoni ham zaxirada qolishi hech gap emasdi. Hujumda shuningdek Vegxorst varianti paydo bo'lgan. U ten Xagning taktik o'ylanmalarini amalga oshirish uchun ham kerak, ayniqsa vaqti kelganda Reshford bilan joy alishib, maydon markazigacha qaytib harakat qila olish mumkin. Zabitcer markazda Kazemironing mehnatini to'kis bo'lishiga yordamlashadi. De Yong, Kesse va uchinchi xavbekka bosim uyushtirishadi. Agar "Barselona" MYUning qarshi hujumlarini boshlanishidayoq bo'g'a olmasa, ter SHtegen uchun muammolar paydo bo'la boshlaydi.

Evrokubok finali MYU uchun muhimroq

Kataloniyaliklar 2015 yildan buyon evrokuboklarda zafar qucha olmayapti. Ammo agar hakamlar bilan bog'liq muammo tufayli diskvalifikaciyaga uchramasa jamoa La Ligada chempion bo'lish imkoniyati yuqori. Hisoblab bo'lishdi, Evropa Ligasidagi ehtimoliy g'alaba Laporta uchun klub ECHL pley-off bosqichiga chiqa olmaganining o'rnini bosmaydi. "Manchester Yunayted" uchun tanish musobaqaning finali klub sotilishi arafasida ayni muddao bo'ladi. "Ayaks"ni mag'lub etilgan, "Vilyarreal"ga imkoniyat boy berildi.

SHunday bo'lsa, o'zlarini Evropa Ligasi bo'yicha mutaxassis deya olishadimi? Har holda Ten Xag futbolchilarga bugun maydonda holdan toyib yiqilib qolsalar ham keyingi bosqichga chiqish zarurligini tushuntirishi osonroqdek. "Barselona"da ham motivaciya etarli, ammo La Liga bilan farq sezilib qolmoqda. Xavi CHempionlar Ligasi pley-offini kutgandi, lekin jamoa ECHL guruhida omadsizlikka uchradi. Bir yil avval "Ayntraxt"ga imkoniyat boy berildi, MYUning nemislardan kam joyi bor? Kataloniyaliklar ten Xag jamoasi bilan xazillashib bo'lmasligini birinchi uchrashuvda tushunib bo'lishdi. 

Bu bahs yarim yil avval o'tganida hammamiz Levandovskining ajoyib hujumchi ekanligini, ter SHtegen La Ligada juda kam gol o'tkazib yuborayotgani va Xavining yosh futbolchilari haqida iliq fikrlar bildirardik. Parallel ravishda esa Ronaldu boshliq MYUni tanqidlar ostida qoldirib, bir qancha muammolarni sanab o'tardik. Kataloniyaliklarning kuchli jihatlari deyarli o'zgarmagandek, agar Pedri va Gavining yo'qligini inobatga olmasak albatta. Faqatgina "Manchester Yunayted" borasidagi vaziyat o'zgargan. Ten Xag tartib o'rnata oldi. Reshford yaxshi sport formasida. SHou og'ir davrni boshdan o'tkazib, ruhan yanada kuchliroq bo'lib qaytdi. Martines va Varan – yaxshi himoya juftligi, Kazemiro – evrokuboklar afsonasi. Afsuski, bu to'qnashuv Evropa Ligasi finalida ro'y bermadi. Birinchi uchrashuvdan keyin "Old Trafford"da bo'ladigan bahsga qiziqish ortgan bo'lsa, ortdiki, kamaygani yo'q. Ser Aleks va MYUning qolgan muxlislari eski raqib ustidan g'alabani 15 yildan buyon kutishmoqda. 

Nima bo'lganda ham bugun musobaqani bitta buyuk klub tark etadi.


soccer.ru saytidan Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика