“Manchester Yunayted” Zidan bilan muzokara boshladi
30 sen 2018 08:06
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/455861_original.jpg)
![](/upload/storage/455861_220.jpg)
“Manchester Yunayted” Zidan bilan muzokara boshladi
“Manchester Yunayted” rahbariyati Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan muzokara boshladi, deb xabar bermoqda beIN Sports.
Joze Mourino boshchiligidagi “Qizil iblislar”ning joriy mavsum ham chempionatda, ham mamlakat ligasi kubogida ishlari yurishmayapti. Portugaliyalik mutaxassisning klub futbolchilari, xususan Pol Pogba bilan ham munosabatlari taranglashgan.
Zidandan tashqari, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligiga Maurisio Pochettino ham davogarlik qilmoqda. Ayni paytda bu mutaxassis Londonning “Tottenxem” jamoasida muvaffaqiyatli ishlayapti. MYU hozirda Premer-liga turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar