"Manchester Yunayted" "Yuventus" xavbekiga ko'z tashladi
21 avg 2020 12:17
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" "Yuventus" xavbekiga ko'z tashladi
"Manchester Yunayted" "Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Bernardeskining xizmatlariga qiziqmoqda.
Bu haqda italyan matbuoti xabar tarqatmoqda. Manchesterliklar Londonda "Yuve" klubi sport direktori Fabio Paratichi bilan uchrashuv o'tkazishadi.
Suhbatning yana bir mavzusi Duglas Kostaning "Manchester Yunayted"ga o'tishi bo'lishi mumkin. Transfermarkt futbolchini 28 million evroga baholamoqda.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 38ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar