So’nggi yangiliklar

15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  9 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  3 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7

Pogbaning dubli MYUga g'alaba keltirdi Yangiliklar

Pogbaning dubli MYUga g'alaba keltirdi

APLning 34-turi doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Vest Xem" uchrashuvi yakunlandi.

"Manchester Yunayted" - "Vest Xem" 2:1

Gol: Pogba (19, 1:0), Anderson (50, 1:1), Pogba (80, 2:1).

"Manchester Yunayted": De Xea, Dalot, Jons, Smolling, Roxo (Pereyra, 75), Mata (Reshford, 56), Fred, Pogba, Lingard, Lukaku (Grinvud, 75), Marsyal.

"Vest Xem": Fabianski, Sabaleta (Frederiks, 76), Ogbonna, Balbuena, Masuaku, Rise, Nobl, Snodgrass, Lanzini, Anderson, CHicharito.

Ogohlantirish: Mata (35).

YANGILASH

O'yin yakunlandi! Pogbaning dubli jamoaga yutuq olib keldi.

90+5. London jamoasining Manchesterdagi bosimi ortib bormoqda.

90+2. So'nggi paytlarda Fred o'ziga berilayotgan ishonchni oqlamoqda.Bugun ham u yaxshi o'yin ko'rsatdi.

90. O'yinga 5 daqiqa qo'shib berildi.

86. Fil Jonsning boshi yorildi va "Old Trafford"ga qon chiqarib yuborildi.

83. O'yin "Vest Xem"ning bosimi ostida davom etmoqda. Hozircha vaziyat yo'q.

80. GOOOOOOOOOOOLLLL!!!! Pogba ikkinchi penaltidan ham unumli foydalandi. Sen urmasang senga aniq urishadi.

79. PENALTI! Marsyal yiqitildi!

78. SEEEEEEEEEYYYYVVVVV!!! De Xeaning mo'jizakor seyvi!!! Barcha gol deb o'ylagandi.

77. ZARBAAAAAAAA!! Antonioning zarbasini to'sin qaytardi. Keyinchalik Anderson tepgan to'pni De Xea ushlab oldi.

76. O'zgarish.Sabaleta o'rniga Frederiks.

75. O'zgarishlar. Lukaku o'rniga Grinvud, Roxo o'rniga Pereyra.

72. O'zgarish. CHicharito o'rniga Antonio maydonga tushdi.

69. Marsyalning oddiygina xatosi tufayli MYUning hujumi to'xtadi.

67. ZARBAAA!! Roxoning zarbasini darvozabon ushlab oldi.

63. Reshford 3 metrdan boshi bilan to'pni darvozaga aniq yo'llay olmadi.

62. G'alabaga intilayotgan MYUning bosimi oshmoqda. Lukakuning qanotdan uzatgan to'pini himoyachilar qaytarib yubordi.

58. ZARBAAAAA!! Reshfordning zarbasini darvozabon qaytardi.

56. O'zgarish. Mata o'rniga Reshford.

54. Sabaletaning zarbasini De Xea ushlab oldi.

52. Ustunlik "Vest Xem" tomonida.

50. GOOOOOLLLL!!!! Anderson!!! Futbolchining yaqin burchakka bergan zarbasini De Xea qaytara olmadi.

48. "Vest Xem" hujumga o'tdi. Anderson MYU jarima maydonchasi ichida yiqildi. Hakam hushtak chalib, offsayd qayd etdi.

46. Ikkinchi bo'lim "Yunayted"ning hujumi bilan boshlandi. Ammo Lukaku to'pni to'xtata olmadi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

Birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berildi.

45. Andersonning xavfli to'p uzatishini De Xea qaytarib yubordi.

43. Andersonning zarbasi qanchalik kuchli bo'lsa, shunchalik noaniq.

40. XAVFLI VAZIYATTTTTT!!!! Markazda Nobl xato qildi. To'pni egallab olgan Lingard Lukakuni topdi. Ammo zarbani himoyachi burchakka chiqarib yubordi.

38. Fredning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

35. Noblni yiqitgani uchun Mata ogohlantirildi.

32. MYUning hujumi Lingardning to'p uzatishidan keyin to'xtab qoldi.

27. MYUning xavfli hujumi!!!! Biroq Pogbaning zarbasini himoyachi qaytardi. Keyinchalik jamoa kombinaciya orqali darvozani ishg'ol qilmoqchi bo'ldi. Ammo Lingard offsaydda qolib ketdi.

25. "Vest Xem"ning bosimidan MYU chiqib ketdi. Biroq tezkor qarshi hujum ham o'xshamadi.

24. Biroq zarba jonli devorga tegib, burchakka chiqib ketdi. Burchak zarbasidan keyin Dalot avtogol urib qo'yishiga sal qoldi.

22. Xavfli jarima zarbasi. Anderson to'p yonida.

21. Qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'llashga "Vest Xem" futbolchisi topilmadi. Lingard esa vaziyatni yumshatdi.

19. GGOOOOOOOOLLLL!!! Pogba 11 metrlik jarimadan unumli foydalandi.


18. PENALTI! Mata qo'pollik bilan yiqitildi.


16. Bugun Mata markaziy hujumchi sifatida o'ynamoqda. Lukaku esa qanotda. Belgiyalikning uzatgan to'pini agarda yaxshiroq hujumchi bo'lganida gol urardi.

13. Lukaku qanotdan havolatib to'p uzatdi. Bu uzatma Mataga atalgani, u esa boshi bilan zarba berishi kerakligi biroz kulgili.

10. Gol urildi. Ammo Anderson gol urishdan oldin offsaydga tushib qolgandi. Takroriy lavxalar esa hakam adashganini ko'rsatdi.

4. Dalotning to'p uzatishidan keyin darvozabon to'pni ushlay olmadi va burchak zarbasi amalga oshirildi. Standartdan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytargandi. Qaytgan to'pga Fred zarba berdi. Sabaleta bunga peshvoz chiqib, vaziyatni yumshatdi.

2. Mataning to'p yo'qotishidan keyin Masuaku zarba berdi. Biroq to'p muxlislarga ataldi.

1. Uchrashuv boshlandi!

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика