"Manchester Yunayted" va "Liverpul" Pepega qiziqmoqda
24 iyu 2019 11:20
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" va "Liverpul" Pepega qiziqmoqda
MYU va "Liverpul" klublari "Lill" hujumchisi Nikolya Pepega qiziqishni saqlab turibdi.
Xabarlarga ko'ra, ivuarlik futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olishga harakat qilayotganlar ichida "Atletiko" va "Inter" klublari etakchilik qilmoqda. Har ikki klub ham futbolchiga 90 million evro berishga tayyor.
Ammo, Pepe o'z imkoniyatlarini Angliya Premer-ligasida sinab ko'rmoqchi.
Forvard yakunlangan mavsum Liga 1 da 38ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 11ta assistga erishgan.
24 yoshli Pepe "Poitiers" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Futbolchi Franciyada tug'ilganiga qaramasdan Kot Ivuar terma jamoasida o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar