"Manchester Yunayted" Sulsher uchun "Molde"ga 500 ming funt to'laydi
29 mar 2019 16:56
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Sulsher uchun "Molde"ga 500 ming funt to'laydi
"Manchester Yunayted" klubi Ule-Gunnar Sulsherning sobiq jamoasi "Molde"ga 500 ming funt to'lab beradi.
Bu pullar Norvegiya klubi Sulsherning MYUda qolishiga qarshilik qilmasligi uchun o'tkazib beriladi. "Molde" o'tgan yilning dekabr oyida mutaxassisni joriy mavsum oxirigacha "Qizil iblislar"ga qo'yib yuborgani uchun 500 ming funt olgan edi.
Kecha, 28 mart kuni Ule-Gunnar Sulsher "Manchester Yunayted" bilan 3 yilga mo'ljallangan to'laqonli shartnoma imzolagandi.
MYU Sulsher qo'l ostida APLda o'tkazgan 13ta uchrashuvning 10tasida g'alabaga erishdi, 2 marta durang qayd etdi va bitta bahsda mag'lubiyatga uchradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar