"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi bugun A Seriyada debyut qilishi mumkin
25 sen 2019 10:44
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi bugun A Seriyada debyut qilishi mumkin
Bugun A Seriya doirasidagi "Roma" va "Atalanta" klublari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.
"Roma" bosh murabbiyi Paulu Fonseka o'yindan oldingi matbuot anjumanida jamoa himoyachisi Kris Smolling jarohatidan qutulgani va bugungi o'yinga tayyor ekanligini aytdi.
Bu 29 yoshli ingliz futbolchisi uchun A Seriyadagi debyut o'yinga aylanadi.
Futbolchining o'zi ham bugun maydonga tushishga tayyor ekanligini o'zining "Twitter" sahifasida tasdiqladi.
Eslatib o'tamiz, "Roma" - "Atalanta" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.
Fikrlar