So’nggi yangiliklar

01:22Каррагер "Ливерпул" трансферлари ҳақида: "Одатда бундай ишни "Реал" қиларди"  1 00:45Хулиан Альварес "Арсенал" билан ўйин олдидан: "Атлетико" исталган жамоани мағлуб эта олади"  0 00:15Ла Лига ўз футболчиларига таҳдид қилди  0 23:51Картабиа: "Ўтган йилдан фарқли равишда "Насаф" билан бошқа турнирда тўқнашамиз"  0 23:30ФОТОГАЛЕРЕЯ. Пролига. "Олимпик-MobiUz" – "Арал" 3:1  0 23:22ОФК Элит ЧЛ. "Тракторсози" меҳмонда 5 та гол урди, "Ал Иттиҳод" ҳам йирик ғалабани тантана қилди  0 22:48Рўзиқул Бердиев: "Эртанги ўйинга тўлиқ тайёрмиз"  6 22:32Паулу Соуза: "'Насафни яхши биламиз. Улар ҳозиргача кўпроқ очко тўплашга лойиқ эди"  0 22:19Аморим – сўнгги 5 мавсумда АПЛда "Ливерпуль" ва "Сити"ни меҳмонда мағлуб этган ягона мураббий  1 22:04Мундиалга тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон U-17 Венесуэла билан дуранг ўйнади  1 21:46Неъматулла Қуттибоев: "Энди ҳар бир ўйин биз учун финалга тенг"  3 20:59Фарҳод Нишонов: "2:0дан сўнг йигитлар бироз бўшашишди"  0 20:36Суперлига. 26-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  5 20:13Ҳарри Кейн орзусидаги жамоани тузди  17 20:04Рой Кин: "Агар "Манчестер Юнайтед" бугунгидек ўйнаса, Аморим яна 3 йил ишлайди"  0

"Manchester Yunayted" skauti: "Unda "Yunayted" DNKsi bor, afsuski biznikilar buni ko'ra olishmadi" Yangiliklar

"Manchester Yunayted" skauti: "Unda "Yunayted" DNKsi bor, afsuski biznikilar buni ko'ra olishmadi"

Taniqli futbol eksperti va boshqaruvchi Alisher Nikimbaev "Manchester Yunayted" skauti Abduqodir Husanov iqtidorini oldindan ko'ra bilganini aytib berdi.

Nikimbaev bu haqda Telegramdagi kanalida post qoldirdi.


"Fabricio Romanoning yozishicha, "Manchester Siti" va "Lans" o'rtasidagi Abduqodir Husanov transferi hal bo'lish arafasida.

Men boshqalarning yangiliklarini qaytadan aytib bermoqchi emasman, shon shuhrat vaqtini shu maqsadda o'z sayti (www.championat.asia)ga ega bo'lgan Husanov agentlariga qoldiraman.

Buni qanday ko'rayotganimni aytib bermoqchiman.

Kecha hamkasblarimdan biri bilan kutilayotgan transferni muhokama qildik va u mendan endi "Siti"ga muxlislik qilasizmi deb so'radi.

- Yo'q. "Yunayted" mening klubim, unga sodiq qolaman.

Ammo bir narsa qiziq. 2023 yilning may oyida, Argentinadagi yoshlar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionati vaqtida Husanov "Manchester Yunayted" skautining "qalami"ga tushib qoldi va o'sha skaut bilan Husanovning APLdagi istiqbolini muhokama qildik. Bugun o'sha skautga yozib, uning fikri bilan qiziqdim. U shunday javob berdi:

- Husanov APLga mos futbolchi. U "Siti"dan ko'ra ko'proq MYUga to'g'ri keladi. Unda "Yunayted" DNKsi bor, afsuski biznikilar buni ko'ra olishmadi.

- Balki ular yarim yil oldin Franciya klubidan xarid qilingan Leni Yoroni ustun ko'rishgandir?

- Ular poziciya bo'yicha raqobatchi emaslar va yonma-yon o'ynashlari mumkin.

- Nega unda "Manchester Yunayted" Husanovga etibor qaratmadi?

- Buni tushuntirish qiyin, chunki bizga qaror sabablarini aytishmaydi. Bir tomondan uning narxi 100 ming bo'lganida Husanovni oldindan APLda ko'ra bilganim bilan faxrlanaman. Boshqa tomondan, meni eshitishmaganidan xafa bo'ldim.


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика