"Manchester Yunayted" sardoriman. Istaganingizcha pul beraman"
25 avg 2020 22:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/588791_original.jpg)
![](/upload/storage/588791_220.jpg)
"Manchester Yunayted" sardoriman. Istaganingizcha pul beraman"
"Manchester Yunayted" himoyachisi Garri Maguayr Greciyada bo'lgan mushtlashuv sababli jiddiy jazo olishga yaqin turibdi.
Futbolchiga bir necha ayblovlar qo'yildi: hujum qilish, haqoratlash, policiyachiga hujum va uni pora olishga undash.
Bugungi yig'ilishda prokuror o'tgan voqelikning tafsilotlarini malum qildi. Qayd etilishicha, futbolchi qo'lga olinganidan keyin: "Bilasizmi men kimman? "Manchester Yunayted" sardoriman. Istaganingizcha pul berishim mumkin. Iltimos, bizni qo'yib yuboring".
Biroq bunga policiyachilar ko'nmagan va shunda futbolchi tartib posbonlarini bir necha bora haqorat qilgan. Policiyachi esa uning tizzasiga tepib: "Faoliyating yakunlandi", deb dag'dag'a qilgan.
Ayblovlar uning ukasi Jo va voqelikning uchinchi ishtirokchisi Kristof SHermanga ham tegishli. MYU sardoridan farqli ravishda ular policiyachilarni haqorat qilishmagan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar