"Manchester Yunayted" Sancho bilan 100 mln funt evaziga shartnoma imzolashga yaqin
18 iyu 2020 14:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/581980_original.jpg)
![](/upload/storage/581980_220.jpg)
"Manchester Yunayted" Sancho bilan 100 mln funt evaziga shartnoma imzolashga yaqin
"Manchester Yunayted" "Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Jeydon Sanchoni xarid qilishga tayyor.
Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda.
Klublar vingerning transferi bo'yicha kelishuvga erishishga yaqinlar. Futbolchining o'zi Angliyaga qaytishga qarshi emas.
Transferga shaxsan MYU bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher qiziqmoqda, U Sanchoni Markus Reshford va Meyson Grinvud bilan uchlik sifatida ko'rmoqda.
Oldinroq Angliya klubi Sanchoni 55 million evroga baholayotgani, "Borussiya" esa 120 million evrodan kamiga sotmasligi haqida xabarlar yangragan edi. Endi esa klublar kelishuvga yaqinlar.
Sancho Bundesliga doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 17ta assist qayd etdi.
Manba: metaratings.ru
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar