"Manchester Yunayted" rus hamkori bilan shartnomani bekor qildi
25 fev 2022 19:05
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" rus hamkori bilan shartnomani bekor qildi
"Manchester Yunayted" Ukrainadagi vaziyat tufayli "Aeroflot" bilan hamkorlikni to'xtatdi.
“Ukrainadagi voqealar munosabati bilan "Aeroflot" bilan hamkorlikni to'xtatdik.
Biz butun dunyo bo'ylab muxlislarimizning xavotiriga sherik bo'lamiz va jabrlanganlarga hamdardlik bildiramiz”, — dedi ingliz klubi vakili.
"Manchester Yunayted" CHempionlar ligasida "Atletiko"ga qarshi o'yin uchun Rossiya aviakompaniyasi reysida uchmagan edi. Kecha Buyuk Britaniya "Aeroflot"ga qarshi sankciyalar kiritdi.
Fikrlar