"Manchester Yunayted" Reshford bilan kelishib oldi
18 iyu 2019 12:41
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Reshford bilan kelishib oldi
Bir necha oy davom etgan muzokaralardan so'ng "Manchester Yunayted" klubi hujumchi Markus Reshfordni shartnoma muddatini uzaytirishga ko'ndirdi.
Bu haqda "The Times" nashri xabar berdi.
Mankunianliklar va 21 yoshli futbolchi o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2020 yilning yozida nihoyasiga etadi. Unga ko'ra, "qizil iblislar" hamkorlikni yana bir yilga uzaytirishlari mumkin. Klub anchadan beri forvardni jamoa bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashga ko'ndirmoqchi bo'lib yurgandi.
Yangi shartnoma muddati va unga ko'ra Reshford qancha ishlab topishi keltirilmagan. Ammo, oldinroq OAVlarda o'yinchi MYU xo'jayinlaridan haftasiga 350 ming funt so'rayotgani aytilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar