"Manchester Yunayted" Pogba bilan muzokaralarni davom ettirmoqda
24 iyu 2021 23:44
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Pogba bilan muzokaralarni davom ettirmoqda
"Manchester Yunayted" rahbariyati yarim himoyachi Pol Pogbani jamoada saqlab qolishga harakat qilmoqda.
"Sky Sports" xabariga ko'ra, klubdagilar futbolchining tekinga ketishini istamayapti. Uning shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. 2012 yili u erkin agent sifatida "Yuventus"ga o'tgandi. Ayni damda aynan turinliklar Pogbani qaytarib olish uchun intilmoqda.
Futbolchining o'zi esa bu boradagi savollarga javob bermasligini va bor etiborini Evroga qaratganligini aytib o'tdi. "Qizil iblislar" futbolchisini 80 mln evroga baholagan. Oldinroq RMC nashri futbolchining PSJga o'tishi mumkinligini aytgandi.
Fikrlar