"Manchester Yunayted" o'zining "nursiz duranglar" rekordini takrorladi
04 mar 2021 12:25
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" o'zining "nursiz duranglar" rekordini takrorladi
APL 29-tur doirasidagi "Kristal Pelas" - "Manchester Yunayted" (0:0) o'yinida hisob ochilmadi.
Ole Gunnar Sulsher jamoasi uchun bu golsiz durang joriy mavsumdagi oltinchisi bo'ldi.
Bu esa Angliya Premer-ligasining boshqa har qanday klublaridan ko'pdir.
"Manchester Yunayted" bundan tashqari 2004/05 va 2016/17 yilgi rekordi (6ta golsiz durang)ni ham takrorladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar