"Manchester Yunayted" o'tgan mavsumda 60dan ortiq gol urgan futbolchini transfer qildi

Mirjalol Normatov
24 okt 2019, 22:26
"Manchester Yunayted" nihoyat "Real Saragosa" futbolchisi Matteo Mejiyaning transferini amalga oshirdi.

Bu haqda futbolchining ota-onasi "Goal" nashriga xabar berdi.

Ispaniyalik vunderkind Angliya jamoasi uchun 150 ming evroga tushdi. Hujjatlar rasmiylashtirilganidan keyin UEFA transfer borasida hech qanday aralashuvlarni amalga oshirmaydi.

Mejiya o'tgan mavsumda Ispaniyaning U-18 chempionatida 60dan ortiq gollar kiritishga erishgandi. Endi 16 yoshli markaziy yarim himoyachi "Yunayted" U-18 jamoasidagi eng yosh futbolchisiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal