"Manchester Yunayted" oktyabrdan fevral oyigacha agentlarga 10 mln. funtdan ortiq pul to'lagan
23 apr 2016 10:32
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" oktyabrdan fevral oyigacha agentlarga 10 mln. funtdan ortiq pul to'lagan
Ingliz Premer-ligasi klublari orasida "Manchester Yunayted" agentlarga qolganlardan ko'proq pul to'lagan.
1 oktyabrdan 1 fevralgacha mankunianlar agentlar xizmati uchun 10,02 mln. funt to'lagan. Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni "Liverpul" (6,6 mln. funt) hamda "Manchester Siti" (5,8 mln. funt) egallagan.
Ayni damda Angliya chempionati etakchisi bo'lib turgan "Lester" agentlar hisobiga 0,9 mln. funt o'tkazib bergan. ALPning eng kam pul sarflagan jamoasi "Everton" bo'ldi (0,4 mln. funt). Ko'rsatilgan muddat ichida Premer-liga klublari agentlarga 46,5 mln. funt to'lagan.
Daily Mail malumotlariga ko'ra, "Manchester Yunayted" 2014 yilning oktyabridan 2016 yilning fevraligacha agentlarga 23,9 mln. funt sarflagan.
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar