"Manchester Yunayted" narxi 80 mln evro bo'lgan yarim himoyachiga qiziqishda davom etmoqda
20 mar 12:01
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" narxi 80 mln evro bo'lgan yarim himoyachiga qiziqishda davom etmoqda
"RB Leypcig" hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.
"Qizil iblislar" o'tgan yildayoq niderlandiyalik futbolchiga qiziqish bildirgandi.
"RB Leypcig" yanvar oyida Simonsni PSJdan 50 mln evroga sotib olgandi, ammo tez orada futbolchi yana klubini o'zgartirishi mumkin. Jurnalist Florian Plettenbergning malum qilishicha, "Manchester Yunayted" yaqindagina amalga oshirilgan transferga qaramay, 21 yoshli yulduzni faol kuzatishda davom etmoqda.
Asosiy muammo - narx: "qizil buqalar" futbolchi uchun taxminan 80 mln evro talab qilmoqda. Xavi Simons joriy mavsum 25 ta o'yinda 8 ta gol va 5 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar