So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  155 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  134 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

Manchester derbisida "Siti" yirik g'alabaga erishdi, Xoland ikkita gol urdi Yangiliklar

Manchester derbisida "Siti" yirik g'alabaga erishdi, Xoland ikkita gol urdi

Angliya premer-ligasining 10-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" bo'lib o'tdi.


Angliya premer-ligasi, 10-tur
"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" - 0:3
29 oktyabr 2023 yil. Manchester. "Old Trafford" stadioni.
Bosh hakam:
Pol Tirni (Lankashir).

Gol: Erling Xoland, 26 penalti - 0:1. Erling Xoland, 50 - 0:2 (Bernardu Silva). Fil Foden 80, - 0:3 (Erling Xoland).

"Manchester Yunayted": 24.Andre Onana, 20.Diogu Dalot, 5.Xarri Maguayr, 35.Jonni Evans, 2.Viktor Lindelef (15.Serxio Regilon, 74), 4.Sofyan Amrabat (7.Meyson Maunt, 46), 39.Skott Maktominey, 14.Kristian Eriksen (9.Antoni Marcyal, 86), 8.Brunu Fernandesh, 10.Markus Reshford (21.Antoni, 86), 11.Rasmus Xeylund (17.Alexandro Garnacho, 74).
Zaxira: 1.Altay Bayindir, 19.Rafael Varan, 46.Gannibal Mejbri, 37.Kobbi Maynu,
Bosh murabbiy: Erik ten Xag

"Manchester Siti": 31.Ederson, 2.Kayl Uoker, 3.Ruben Diash, 24.Yoshko Gvardiol, 5.Djon Stounz, 16.Rodri, 47.Fil Foden, 10.Jek Grilish (8.Mateo Kovachich, 86), 20.Bernardu Silva, 19.Xulian Alvares (11.Jeremi Dokyu, 86), 9.Erling Xoland.
Zaxira: 18.SHtefan Ortega, 6.Natan Ake, 82.Riko Lyuis, 21.Serxio Gomes, 4.Kelvin Fillips, 27.Mateush Nunesh, 52.Oskar Bobb, .
Bosh murabbiy: Xosep Gvardiola

Ogohlantirishlar: Onana 26, Amrabat 43, Foden 43, Antoni 90, Brunu 90.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+6. O'YIN TUGADI. "Yunayted" - "Siti" 0:3

90+6. Erling Xoland jarima to'pini amalga oshirdi, to'p jonli devorga tegib qaytdi.

90+1. Ogohlantirish. MYU. Brunu Fernandesh

90. O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi

90. Ogohlantirish. MYU. Antoni



86. O'zgarishlar. "Siti". Grilish va Alvares o'rniga Kovachich va Doku tushdi

86. O'zgarishlar. MYU. Eriksen va Reshford o'rniga Antoni va Antoni Marsyal tushdi

80. GOOOOOOOOOOL! FIL FODEN! 0:3. Rodri darvozaga zarba berdi, Onana to'pni qaytardi, qaytgan to'p Xolandga tushdi, uning uzatmasidan keyin Foden gol urdi! 

74. O'zgarishlar. MYU. Xeylund va Lindelef o'rniga Garnacho va Regilon tushdi

71. UXXX! Grilish hozir Xolandni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi, Onana bu safar boshi bilan seyv qildi!

69. ZARBA! Reshfordning kuchli zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi

58. "Siti" hozir raqib jarima maydoni ichida bemalol kombinacion o'yin namoyish etdi, ammo Grilishning uzatmasiga hech kim "labbay" demadi

57. ZARBAAAA! Jek Grilishning navbatdagi ajoyib va aniq zarbasidan keyin Onana yana chiroyli seyv qildi!

50. GOOOOOOOOOOL! ERLING XOLAND! DUBL! CHap qanotdan Bernardu uzatgan to'pni Xoland boshi bilan darvozaga yo'lladi - 0:2




48. UXXX! Bernarduning uzatmasidan keyin Foden qiyin vaziyatda zarba berdi, noaniq

48. ZARBAAAAAAAA! Brunu Fernandeshning 20 metrlardan yo'llagan zarbasidan keyin Ederson qiyinchilik bilan to'pni ushlab oldi!

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "Yunayted". Amrabat o'rniga Meyson Maunt tushdi



45+4. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:1. Tanaffus

45+4. ZARBAAAAAAA! BU DAHSHAAAAAT! ONANAAAAAA! Xoland 2 metrdan boshi bilan zarba berdi, birinchi taym qahramoni Onana super seyv bilan jamoasini muqarrar goldan qutqardi!

45+3. Zarba! Brunu burchak to'pini amalga oshirdi, Maguyar boshi bilan zarba berdi, noaniq

45+2. ZARBAAAAAAAAAAA! Reshfordning ajoyib uzatmasidan keyin Maktominey darvoza tomon kuchli zarba berdi, Ederson bugun birinchi marta ishga kirishdi!

45. Birinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi

43. Bosh hakam ikki "jo'jaxo'roz" Amrabat va Fodenga sariq kartochka ko'rsatdi

38. ZARBAAAA! Xulian Alvares jarima to'pini amalga oshirdi, juda chiroyli zarbadan keyin Onana jamoasini qutqardi!

31. UXXX! MYUning tezkor qarshi hujumi, Xeylund birga bir vaziyatga chiqib bordi, ammo zarba bera olmadi, Brunuga uzatgan to'pinidan keyin portugaliyalik futbolchi noaniq zarba berdi!

26. GOOOOOOOOOOL! ERLING XOLAND! Penaltidan hisobni ochdi norvegiyalik futbolchi - 0:1



24. PENALTI! MYU darvozasi tomon, Xeylund o'z jarima maydoni ichida Rodrini ushlab yiqitgani uchun.

23. Bosh hakam VAR ni ko'rmoqda. "Yunayted" darvozasi tomon penalti belgilanishi mumkin

20. ZARBAAAAA! Burchak to'pidan keyin Grilish aylanma zarba yo'lladi, Onanadan navbatdagi seyv! "Siti" bosimni oshirmoqda

16. "Siti"ning yana bir hujumi, chap qantodan Bernardu to'pni havolatib uzatdi, himoyachi qaytargan to'pni Rodri darvozaga yo'lladi, aaancha noaniq!



8. ZARBAAA! DAHSHAT! Uokerning qanotdan uzatgan to'pini Foden boshi bilan darvozaga yo'lladi, Onana to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Xoland darovzaga yo'llashga urindi, yana Onanan jamoasini qutqardi! UXXX!

2. Xavfli vaziyat! Maktominey oldinga o'tdi va zarba berdi, biroz kuchsiz zarbadan keyin Ederson to'pni ushlab oldi

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Bahsdan avval MYUning sobiq marhum futbolchisi Ser Bobbi CHarltonni xotirlash marosimi bo'lib o'tdi.



- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика