So’nggi yangiliklar

17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  15 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  3 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1

Rashfordning dubli "Liverpul"ni mag'lub etish uchun etarli bo'ldi Yangiliklar

Rashfordning dubli "Liverpul"ni mag'lub etish uchun etarli bo'ldi

"Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" o'rtasidagi Angliya chempionatining 30-tur uchrashuvi yakunlandi.

Manchester United

Marcus Rashford - 14', Marcus Rashford - 24'

Premier League . 30-tur

10/03/2018, 16:30

1
:
2
Tugadi

Liverpool

Eric Bailly - 66'

Stadion: Old Trafford, 74855 tomoshabin

Bosh hakam: Craig Pawson

45'
90'
14'  Marcus Rashford
14'  Romelu Lukaku
24'  Marcus Rashford
27'  Marcus Rashford
70'  Marcus Rashford (Marouane Fellaini)
89'  Juan Mata (Jesse Lingard)
89'  Antonio Valencia
90'  Alexis Sanchez (Matteo Darmian)
35'  Alex Oxlade-Chamberlain
62'  Alex Oxlade-Chamberlain (Adam Lallana)
66'  Eric Bailly
80'  Trent Alexander-Arnold (Georginio Wijnaldum)
84'  Andrew Robertson (Dominic Solanke)

"Manchester Yunayted" – "Liverpul" 2:1
Gollar: 1:0 – 14 Reshford, 2:0 – 24 Reshford, 2:1 – 66, avtogol Bayi.
"Manchester Yunayted": De Xea, Bayi, Smolling, Valensiya, Maktomini, Yang, Mata (Lingard, 89), Matich, Sanches, Reshford (Fellayni, 70), Lukaku.
"Liverpul": Karius, Lovren, Robertson (Solanke, 84), Aleksander-Arnold (Veynaldum, 80), van Deyk, Firmino, Oksleyd-CHemberlen (Lallana, 62), Salax, Djan, Mane, Milner.
Ogohlantirishlar: Reshford (27), Oksleyd-CHemberlen (35), Valensiya (89).

APL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+6. O'zgarish: Darmian Sanches o'rniga maydonga tushdi.

90+5. "Qizillar" katta kuch bilan hujumda, ammo gol yo'q. Burchak zarbasi...

90+3. "Liverpul" shoshayotgan bo'lsa ham, iloji boricha erdan o'ynashga harakat qilmoqda.

90+2. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. So'nggi daqiqalar "Liverpul" MYUni o'z jarima maydonchasiga qamab qo'ydi. "Qizil iblislar" qarshi hujum uyushtirsa gol, bu gol bilan yakunlanishi ham mumkin.

89. Sariq kartochka. Valensiya Manening elkasiga butsasining tagi bilan zarba berdi.

88. O'zgarish: Xuan Mata o'rniga Jessi Lingard maydonga tushdi.

84. Sanches qanotda bir futbolchini aldab, to'pni jarima maydonchasiga erlatib uzatdi, Mata esa darvoza tomon zarba berdi, ammo uning yo'nalishiga raqib jamoa himoyachisi to'sqinlik qildi. Uchrashuv davom etadi. 

83. Bugun Salohning umuman o'yini qovushmayapti. Deyarli har bir uzatma, zarba xato bilan yakunlanmoqda.

82. Mane va Firmino raqib jarima maydonchasi oldida juda ajoyib o'ynashdi, ammo Sadio zarba berish uchun kelayotganda Fellayni uning yo'lini to'sib qoldi.

79. Klopp hakamlarga etiroz bildirmoqda. O'zgarish: Aleksander-Arnold o'rniga Viynaldum maydonga tushdi.

77. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Lallana jamoaning o'yiniga ko'nikolmayapti.

74. "Liverpul" bir necha daqiqadan beri MYUni o'z jarima maydonchasiga qamab qo'ygan.

71. O'yinga intriga qaytdi.

69. Bayi oqsoqlanib maydonga qaytdi. Bu paytda esa o'zgarish. Rashford o'rniga Fellayni maydonga tushdi.

66. GOOOOOOLLLLLL! ERIK BAYI O'Z DARVOZASINI NISHONGA OLDI! Sadio Mane chap qanotdan to'pni jarima maydonchasiga tashladi, Bayi esa o'ng oyoq o'rniga chap bilan zarba berishga urinib, o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Gol urgan himoyachi jarohat ham olgan ko'rinadi.

65. Saloh katta tezlik bilan hujumga o'tayotganda to'p maydonni tark etdi va yon hakam buni payqab, bayroqchasini ko'tardi.

60. Ikkinchi bo'limning ilk 15 daqiqasida ustunlik "Liverpul" tomonda bo'ldi.

57. Aleksander-Arnold markazda to'pni oldirib qo'ydi va raqiblar qarshi hujum amalga oshirishi uchun imkoniyat yaratdi. Sanches to'pni chap qanotda ochilib borayotgan Rashfordga uzatish o'rniga, Lukakuga noaniq uzatma berib, qarshi hujumni to'xtatdi.

55. Robertosn to'pni qanotdan raqib jarima maydonchasiga tashladi, to'p esa Valensiyaga tegib yo'nalishini o'zgartirdi, "Liverpul" futbolchilari esa qo'l bilan o'ynalgani haqida hakamga ishora berishdi, ammo xushtak chalinmadi. Takroriy lavhada penalti borligi ko'rindi.

54. Saloh qanotdan qochib ketishga urindi, ammo Yang ham Muhammad kabi tez yuugura olishini isbotladi.

49. Firmino Salohga havolatib ajoyib uzatma berdi, ammo Smolling va Yang to'pni qabul qilishga halal berishdi.

48. Van Deyk ikkinchi qavatda Smollingdan ustun keldi, ammo darvozaga bergan zarbasi noaniq ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Liverpul" birinchi bo'lim boshidagidek yana ko'pchilik bo'lib hujumga otlandi. Lallana maydonga tushishga hozirlik ko'rmoqda.

Bir necha daqiqa oldin Omar Momani yangi karikaturasini taqdim etdi. Venger va Fergyusonning avvalgi va hozirgi holati


STATISTIKA (1-bo'lim)

Zarbalar: 3-5

Paslar soni: 170-288

Uzatmalar aniqligi: 73%-80%

Yaratilgan golli vaziyatlar: 2-5

To'pga egalik qilish: 36%-64%

Burchak zarbalari: 0-5

Qoidabuzarliklar: 6-5

Sariq kartochkalar: 1-1


5 metrdan gol ura olmagan MATA


Gollarni Telegramdagi kanalimizdan ko'chirib olishingiz mumkin: TELEGRAM

TANAFFUS! Bizdan uzoqlashmang, birinchi bo'lim suratlari, statistikalaridan boxabar qilib turamiz.

45+2. "Qizil iblislar" Salohga umuman bo'sh zona qoldirishmayapti.

45+1. Mourinoning qalami yana ishga tushdi, u bir nimalarni yoza boshladi.

45. Birinchi bo'limning asosiy vaqti yakunlandi. Hakam 2 daqiqa qo'shib berdi.

39. Robertson chap qanotdan to'pni jarima maydonchasi markaziga tashladi, himoyachilar bir amallab vaziyatni bartaraf etishdi.

38. Qanotdan Xuan Mataga ajoyib uzatma berildi. Ispaniyalik raqib darvozaboni bilan birga-bir qoldi, ammo u to'pni to'xtatish o'rniga to'xtatmasdan zarba berishga urindi. 5 metrdan qanday noaniq zarba berish uslubini Mata ko'rsatib berdi.

36. Qoyil! Erik Bayi raqib uzatmasini ilib oldi va Zidan uslubidagi to'p ustida aylanish bilan "Liverpul" futbolchisidan qochib ketdi, ammo bir necha soniya o'tib u to'pni yo'qotdi.

35. Oksleyd-CHemberlen markazda to'pni oldirib qo'ydi va raqib hujumga o'tmasligi uchun qoida buzdi. Sariq kartochka.

34. MYUning kombinacion hujumi ofsayd bilan yakunlandi. Rashford o'yindan tashqari holatda.

30. FIRMINOOOO! Roberto markazda raqibning bir futbolchisidan qochib, deyarli bo'sh qoldi va darvozaga zarba berdi, biroq to'p ispaniyalik posbonning qo'liga borib tushdi.

28. Firmino jarima maydonchasining o'ng burchagidan chap oyog'i bilan de Xea qo'riqlayotgan darvozaga zarba berdi, ammo kuchsiz zarba gol bo'lishi qiyin. To'pni posbon egallab oldi. Klopp jamoasini tanimayapti.

27. Milner qanotda to'pni jamoadoshiga uzatayotganda, 2ta gol urgan Markus Rashford qoida buzib, o'yin qaydnomasiga yana ismini yozdirib qo'ydi.

26. Firmino raqibning himoyasidagi xatodan foydalanib, to'pni egallab oldi va qanotdan jarima maydonchasiga uzatdi, yaqindagina safga qaytgan Erik Bayi xavfni bartaraf etdi.

24. GOOOOOOOLLLLL!!! YANA RASHFORD!!!!! Hujumni De Xea boshlab berdi, Lukaku to'pni egallab, uni Mataga oshirdi, Xuan esa to'pni yo'qotib qo'ydi va qaytgan to'p Markusga tushdi. Rashford uzoq o'ylab o'tirmasdan darvozaga zarba berdi va hisobni 2:0ga etkazdi.

22. Jan Firminoga to'pni uzatdi, Roberto esa to'pga biroz kech qoldi va Valensiya to'pni burchakka chiqarib yubordi. Burchak zarbasi esa Virjil van Deyning zarbasi bilan yakunlandi. Gollandiyalik to'pga boshi bilan emas, elkasi bilan zarba berdi va noaniq.

21. Rashfordning golini telegram kanalimizdan ko'chirib olishingiz mumkin: VIDEO

18. Avvaliga Milner jarima zarbasidan to'pni raqib maydonchasiga tashlab berdi, qaytgan to'pni Firmino egallab oldi va u ham darvozabon maydonchasiga uzatma berdi, ammo kerakli joyda paydo bo'ladigan futbolchi topilmadi.

14. GOOOOOOLLLLLL!!! RASHFORDD!!!!!! Markus o'z qanotida Aleksander-Arnolddan qochib ketdi va zarba berish bilan aldab, to'pni o'ng oyog'iga tug'irladi. Yosh futbolchi darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi. QOYIL

13. "Qizillar" burchakdan to'pni o'yinga kiritishdi, ammo mashg'ulotlarda ishlangan taktika foyda bermadi.

12. Firmino, Saloh va Mane uchligi hozircha o'yinga ko'p ham qo'shilishmayapti, kurash asosan maydon markazida kechmoqda. Mourino esa yon daftarchasina bir nimalarni yozib qo'ymoqda.

10. Markus Rashford o'z qanotidagi to'pni maydonda saqlab qola olmadi, aks xolda Aleksandr-Arnoldga qiyin bo'lishi aniq edi.

5. MYU ko'proq vaqtini himoyada o'tkazmoqda, aniq to'p uzatishlar juda kam.

4. Milner o'zi uchun odatiy bo'lmagan o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga to'pni erlatib uzatdi, ammo "qizil iblislar" xavfni bartaraf etishdi. 

2. "Liverpul" o'yin boshidan ko'pchilik bo'lib raqib maydoniga o'tib oldi, ammo to'p o'sha tomonga o'tmayapti.

UCHRASHUV boshlandi!

17:28. Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Old Trafford"da dyarli bo'sh joy qolmadi


17:12. SHarflar bor, sharflar...


17:05. "Old Trafford"dagi mehmonlar kiyinish xonasi shunday ko'rinishda


17:00. "Qizil iblislar"


16:55. O'yin malumotnomasi

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика