"Manchester Yunayted" "Lester" bilan o'yinga samolyotda 15 daqiqada uchib bordi + FOTO

Tolibjon Qosimov
23 dek 2017, 19:10
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo APL 19-turidan o'rin olgan "Lester"ga qarshi o'yinga samolyotda uchib borishga qaror qildi.

Bu haqda "Daily Mail" xabar berdi. Butun jamoa juma kuni Lestergacha shaxsiy samolyotda 15 daqiqada uchib bordi.

Bunda Mourinyo Lesterga borishdagi muammolardan qochishga urindi. Oldinroq, Liga kubogi chorak finali doirasida "Bristol Siti"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin jamoa quyuq tuman tushgani bois reyslar bekor qilingani sabab uyga samolyotda emas avtobusda qaytgan edi.


Manchester va Lester orasi taxminan 150 kilometrni tashkil etadi.


Eslatib o'tamiz, "Lester" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi bugun tunda, Toshkent vaqti bilan 00:45da start oladi.

Zlatan Ibragimovich samolyotga chiqmoqda.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: dailymail.co.uk