"Manchester Yunayted" jarimaga tortildi
11 noy 2022 18:23
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" jarimaga tortildi
MYU "Nyukasl" va "CHelsi"ga qarshi kechgan o'yinlarda futbolchilarining harakatlarini nazorat qila olmagani uchun jazolandi.
Angliya futbol associaciyasi "Old Trafford" egalariga 82 ming funt miqdorida jarima jazosini belgiladi. "Qizil iblislar" "Nyukasl" bilan bahsdagi holatlar uchun 45 ming funt va "CHelsi" bilan o'yini uchun 37 ming funt jarima to'laydigan bo'ldi. 16 va 22 oktyabr kunlari bo'lib o'tgan uchrashuvlarda mankunianlar tashkilotning "E20.1" qoidasini buzgani malum bo'ldi.
"Nyukasl" bilan qarama-qarshilikda kechgan o'yinda "Yunayted" futbolchilari hakamning Ronalduning golini inobatga olmagani uchun o'rab olishgandi.
Oradan bir hafta o'tib esa jamoa o'yinchilari "CHelsi"ning penalti tepishiga etiroz bildirishgan edi.
Fikrlar