"Manchester Yunayted" futbolchisi bugun "Inter"da tibbiy ko'rikdan o'tadi
17 jan 2020 13:57
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" futbolchisi bugun "Inter"da tibbiy ko'rikdan o'tadi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Eshli Yang bugun Italiyaga keladi.
Futbolchi bugun "Inter"ga transferi oldidan tibbiy ko'rikdan o'tadi. Tibbiy ko'rikdan o'tish Toshkent vaqti bilan soat 15:00da amalga oshiriladi.
Transfer qiymati 1,5 million evroni tashkil etmoqda.
Yang joriy mavsum barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Angliya terma jamoasi futbolchisi MYUga 2011 yilda "Aston Villa"dan o'tgan edi. Undan oldin esa "Uotford" sharafini himoya qilgan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar